Tkibuli
Tkibuli yoki Tqibuli ( gruzincha: ტყიბული ) — Gruziyaning gʻarbiy qismida joylashgan shahar. Bu shaharda 8620 nafar aholi istiqomat qiladi (2022). [1] SHahar Imereti mintaqasida Racha tizmasi va tarixiy Racha chegarasini belgilovchi Nakerala ohaktosh qoyasi etagida joylashgan. Tkibuli 1939-yilda shahar maqomini olgan [2] va 1846-yilda ko'mir qazib olish boshlanganidan beri ko'mir markazi bo'lib kelgan. Shuningdek,ushbu hudud mintaqada yetishtiriladigan va butun mamlakat bo'ylab sotiladigan choy mahsulatlari bilan mashhur. U gidroenergetika ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan ikkita sun'iy suv ombori o'rtasida joylashgan.
Tkibuli | |
---|---|
42°21′1″N 42°59′54″E / 42.35028°N 42.99833°E | |
Mamlakat | Gruziya |
|
Sovet davrida konchilikning avjiga chiqqan paytda Tkibulida 20 000 dan ortiq aholi istiqomat qilar edi [3], ammo 1990-yillardagi iqtisodiy tanglik sabab konlar ishlab chiqarishni amalda to'xtatdi va aholining ko'pchiligi shahardan chiqib ketishiga majbur bo'ldi. 2008-yilda Gruziya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarish qayta tiklanganligi sababli konlar mahalliy iqtisodiyotning asosiy tayanchi va 2000 kishi va ularning oilalari uchun yagona daromad manbaiga aylandi. Ammo, konlar eskirgan uskunalar va noto'g'ri xavfsizlik standartlari tufayli baxtsiz hodisalar bilan mashhur bo'lib qoldi. [4] 2018-yilda jami 16 kishining hayotiga zomin boʻlgan bir qator halokatli baxtsiz hodisalardan soʻng, [5] qazib olish ishlari 2018-yil oxirida toʻxtatildi, biroq 2019-yilda ishlar qayta tiklandi. [6]
Manbalar
tahrir- ↑ „Population and Demography - Population by cities and boroughs (daba), as of 1 January“. National Statistics Office of Georgia, Geostat (2022-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
- ↑ „Definition of "Tkibuli"“ (ru). Great Soviet Encyclopedia, 3rd edition 1969–1978. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ „Population cities & towns of Georgia“. Population Statistics Eastern Europe and former USSR. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ „Georgian coal town longs for Chinese rescue | Eurasianet“.
- ↑ „Georgia 2018: Top 10 events of the year“. JamNews (2018-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
- ↑ „Coal Mining to Resume in Tkibuli“. Civil Georgia (2019-yil 27-iyul). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.