Toʻqtagʻul (qishloq)
Toʻqtagʻul (qirgʻizcha: Токтогул) — Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Toʻqtoʻgʻul tumaniga qarashli shaharcha, tuman markazi. Bu nom qirg‘iz xalq shoiri Toʻqtagʻul Satilgʻanov sharafiga berilgan. Sobiq nomi - Muztoʻr boʻlgan. 2012-yilda Toʻqtagʻul shaharchasi shahar maqomini olgan.
shaharcha | |
41°54′0″N 72°47′0″E / 41.90000°N 72.78333°E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
viloyat | Jalolobod viloyati |
Tuman | Toʻqtoʻgʻul |
Maydon | 676 km2 (261 kv mi) |
Aholisi (2009) |
16 429[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Avtomobil kodi | D |
|
Tarixi
tahrir2012-yil 23-mart oyidagi Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining 198-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy-hududiy islohot konsepsiyasi asosida shaharchaga 2012-yilning 28-sentabrida “Shahar” maqomi berilgan. .
1960-yillarda hozirgi Toʻqtagʻul shahri joylashgan joy qum tepalik va adirliklardan iborat boʻlgan. 1968-1969-yillardan buyon suv ombori qurilishi natijasida ketmontepaliklar katta ziyon ko‘radi, mahalliy aholi o‘z uy-joylarini, go‘zal maskanlarini tashlab, shu qir-adirga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldilar. Ketmontepaning ziyoli, mehnatkash xalqi ko‘p qiyinchiliklarga qaramay, tuman markazi Toʻqtagʻulni shaharga aylantirib bormoqda. 1928-yildan Toʻqtagʻul posyolkasi sifatida tashkil etilgan. 1996—2012-yillarda Toʻqtagʻul posyolka hokimiyati maqomida boʻlgan[2].
Aholisi
tahrirAholisi - 16 429 kishi.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Перепись населения Киргизии 2009. Джалал-Абадская область (PDF), 2011-08-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2011-08-10
- ↑ Токтогул шаары жөнүндө