Toʻqtagʻul (tuman)
Toʻqtoʻgʻul tumani (qirgʻizcha: Токтогул району) - Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi tuman.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Jalolobod viloyati |
Maʼmuriy markazi | Toʻqtoʻgʻul |
Rasmiy tillar | qirgʻiz, rus |
Aholi (2009) | 86 306 kishi[1] |
Millatlar tarkibi |
qirgʻizlar — 99,3% ruslar — 0,2% oʻzbeklar — 0,2% uygʻurlar — 0,2 %[1] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +99637 |
Avtomobil raqami kodi | D |
Xaritada | |
41°52′11″N 72°56′43″E / 41.86972°N 72.94528°E |
Maʼmuriy markazi — Toʻqtoʻgʻul qishlogʻi.
Tarixi
tahrir1926-yilda tuman sifatida tashkil etilgan. Tuman tashkil topgunga qadar 1920-yilda Qirgʻiziston hududida Sovet hokimiyati oʻrnatilishi bilan Namangan uyezdiga qarashli boʻlgan Ketmontepa vodiysida Muztoʻr, Suvsamir va Arim boʻlisliklari mavjud boʻlgan. 1926-yilda bu uch volost birlashtirilib, tuman tashkil etildi. 1939-yilgacha Ketmontepa tumani mashhur shoir, qoʻshiqchi, mutafakkir Toʻqtagʻul Satilgʻan oʻgʻli sharafiga nomlangan.
- 1930-yil sentyabrda Qirgʻiziston SSR tarkibida Ketmontepa tumanining markazi Qorasuv-Aqchiy qishlogʻi boʻlib, tashkil etilgan.
- 1936-yil sentyabrda markazi Uch-Terek qishlog‘i boʻlib qayta tashkil etildi.
- 1939-yilda Ketmontepa va Uch-Terek tumanlari Jalolobod viloyati tasarrufiga o‘tgan.
- 1940-yil dekabrda Ketmontepa tumani Toʻqtagʻul tumani deb ataldi, markazi Toʻqtagʻul qishlog‘i boʻlgan.
- 1956-yilda Uch-Terek tumani tugatilib, Jalolobod viloyatidan Oʻsh viloyati tarkibiga kirdi.
- 1980-yilda Toʻqtagʻul tumani Oʻsh viloyati tarkibidan chiqib, Talas viloyati tarkibiga oʻtkazildi. 1988-yilda Talas viloyati tugatilgani sababli Toʻqtagʻul tumani Oʻsh viloyatiga oʻtkazildi.
- 1990-yilning dekabr oyida Toʻqtagʻul tumani qayta tashkil etilgan Jalolobod viloyati tarkibiga kirgan[2].
Geografiyasi
tahrirToʻqtoʻgʻul tumani Jalolobod viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Tuman Qirgʻizistondagi uch viloyat ( Talas, Chuy, Norin ) bilan chegaradosh hisoblanadi.
Tuman hududidan Norin daryosi oqib oʻtadi. Qirgʻizistondagi eng yirik Toʻqtoʻgʻul suv ombori ham Toʻqtoʻgʻul tumani hududida joylashgan.
Aholisi
tahrir2009-yilgi Qirgʻiziston xalqini roʻyxatga olish boshqarmasining maʼ lumotiga loyiq, tumanda 86306 nafar kishi istiqomat qiladilar. Ulardan qirgʻizlar —85683 kishi (yoki 99,3%), ruslar — 188 kishi yoki 0,2%, oʻzbeklar — 185 kishi yoki 0,2%, uygʻurlar — 145 kishi 0,2%, boshqa millatlar — 105 kishi yoki 0,1%.[1]
Maʼmuriy boʻlinishi
tahrirTuman tarkibiga bir shahar tipidagi qishloq va 10 ovul okrugi kiradi:[3]
- shahar tipidagi qishloq - Toʻqtoʻgʻul qishlogʻi
- Aralbayev ovul okrugi markazi - Toʻluq qishlogʻi
- Bel-Oldi ovul okrugi markazi - Sariq-Soʻgoʻt qishlogʻi
- Yangi-Yoʻl ovul okrugi markazi - Yangi-Yoʻl qishlogʻi
- Qizil-Oʻzgoʻrush ovul okrugi markazi - Qizil-Oʻzgoʻrush qishlogʻi
- Nichke-Soy ovul okrugi markazi - Nichke-Soy qishlogʻi
- Ketmon-Tepa ovul okrugi markazi - Terak-Suv qishlogʻi
- Sariq-Qamish ovul okrugi markazi - Birlik qishlogʻi
- Abdu Suyerkulov ovul okrugi markazi - Toʻrkent qishlogʻi
- Uch-Terak ovul okrugi markazi - Uch-Terak qishlogʻi
- Choʻlpon-Ota ovul okrugi markazi - Choʻlpon-Ota qishlogʻi
Iqtisodiyoyi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Перепись населения Киргизии 2009. Джалал-Абадская область
- ↑ Токтогул районунун кыскача тарыхы[sayt ishlamaydi]
- ↑ Аильные округа и сёла Джалал – Абадской области[sayt ishlamaydi]
Vikiomborda Toʻqtagʻul (tuman) haqida turkum mavjud |