Toʻlashboy Ashuraliyevich Doniyorov (1981-yil 30-mart, Andijon viloyati, Izboskan tumani) — bokschi, „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni sohibi (2002). 48 kg va 51 kg vazn toifalarida Oʻzbekiston chempioni (1999, 2003, 2005), Osiyo chempionati bronza medallari sovrindori (2002, Seremban, 2004, Puerto-Prinsesa).

Toʻlashboy Doniyorov
Tavalludi 30-mart 1981-yil (1981-03-30) (43 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi sportchi, murabbiy
Boʻyi 166 sm
Mukofotlari Oʻzbekiston iftixori

Hayoti

tahrir

Toʻlashboy Doniyorov 1981-yil 30-martda Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati Izboskan tumanida tavallud topgan. Namangan universitetini tugatgan (2004), hozirda Namangan shahri oliy sport maktabida boks boʻyicha murabbiy (2000-yildan)[1] sifatida faoliyat olib boradi.

Sport faoliyati

tahrir

2001-yilda Doniyorov Belfastda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etadi, ammo oʻsha musobaqada u birinchi vaznda 1/8 finalda rossiyalik Sergey Kazakovga oʻyinni boy beradi va sovrindorlar safidan joy egallay olmaydi.

Toʻlashboy Doniyorov kattalar oʻrtasida xalqaro miqyosdagi eng yaxshi natijasiga 2002-yil Oʻzbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibi safida Seremban shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida erishadi. Sportchi Osiyo chempionatida yengil vazn boʻyicha 3-oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritadi va keyinchalik ushbu yutug‘i uchun „O‘zbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan taqdirlanadi[2].

Toʻlashboy Doniyorov 2003-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan Anvar Choudri kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. Keyingi musobaqasi Bangkokdagi jahon chempionatida u yana 1/8 finalda bolgariyalik Aleksandr Aleksandrovga magʻlub boʻladi va musobaqalardagi oʻyinini toʻxtatishga majbur boʻladi.

2004-yil Puerto-Prinsesadagi oʻtkazilgan Osiyo chempionatida sportchi yana bir bor bronza medali sohibiga aylanadi. Keyinchalik Doniyorov Guanchjouda bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya saralash oʻyinlarida birinchi o‘rinni egallaydi va ushbu g‘alabasi unga Afinada boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakat sharafini himoya qilish imkoniyatini beradi. Olimpiadada 51 kg vazn toifasida u dastlabki ikkita jangini muvaffaqiyatli yakunlaydi, biroq uchinchi chorak final jangida yakunda Olimpiadaning kumush medali sohibi fransiyalik Jerom Tomasga 16:25 hisobda oʻyinni boy beradi.

2005-yilda Doniyorov Halle shahrida boʻlib oʻtgan kimyo kubogida bronza medaliga ega chiqadi va jahon chempionatida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Chempionatning ilk oʻyinlarida Valid Sherifga oʻyinni boy berib, musobaqaning dastlabki bosqichidayoq medallar uchun kurashni toʻxtatishga majbur boʻladi.

2007-yilda Toʻlashboy Doniyorov Mariupolning Makar Mazaida shahrida oʻtkazilgan musobaqadagi gʻalabasi bilan eʼtirof etiladi, musobaqaning finaliga qadar magʻlubiyatsiz yetib boradi va finalda Ukraina vakili Georgiy Chigaevni magʻlub etgan holda oltin medalga sazovor boʻladi. Keyinchalik Chikagodagi jahon chempionatida yengil vazn toifasida 1/32 finalida musoboqaning mutlaq gʻolibi amerikalik Roshi Uorren tomonidan magʻlubiyatga uchraydi va jahon chempionatida medalsiz qaytadi.

Toʻlashboy Doniyorov hozirda Namangan Olimpiya zaxiralari kollejida bokschilarga murabbiylik qilib kelmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME
  2. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 iyul 2002 года № УП-3110 «О награждении группы спортсменов, добившихся высоких результатов на чемпионате Азии по боксу