Toʻti Yusupova

Oʻzbekiston xalq artisti

Toʻti Yusupova (10-mart 1936-yil, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 15-mart 2022-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq artisti (1994). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi (1957—2022). Hafiza (A.Qahhor, „Shohi soʻzana“), Sonya (A.Chexov, „Vanya togʻa“), Qorasoch (Uygʻun, „Shubha“), Hojar (A.Qahhor, „Tobutdan tovush“), Nuri (Oybek, „Qutlugʻ qon“), Ona (Eʼ Robles, „Oʻlimdan kuchli“), Xonzoda (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Shafaq (M. Karim, „Oy tutilgan tunda“), Rahima (Oʻ. Umarbekov, „Komissiya“), Sotti (S.Ahmad, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Fotima, Zebi (Oʻ.Umarbekov, „Shoshma quyosh“, „Qiyomat qarz“), Nodira (T.Toʻla, „Nodira“), Mastura (Hamza, „Paranji sirlari“) kabi turli qaxramonlar obrazini yaratdi. Qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik jihatlarini chuqur ocha bilish, ularni ruhiy goʻzallik va hayotbaxshlilik ruhi bilan taʼminlash, obraz mohiyatini muhit bilan uzviylikda olib borish Yu. ijodiga xos. „Qalliq oʻyin“ (Qizbibi), „Eski zamon hangomalari“ (Buvi) kabi filmlarda ham suratga tushgan.[2][3][4]

Toʻti Yusupova
Tavalludi 10-mart 1936-yil
Vafoti 15-mart 2022-yil(2022-03-15)
(85 yoshda)[1]
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Mirgʻiyos Soatov
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Manbalar

tahrir