To‘rt ulus tarixi
“To'rt ulus tarixi”, “Ulusi arba’-yi Chingiziy” (“Chingiziylar to'rt ulusi” (tarixi) yoki “Tarixi arba’ ulus”) nomli asar XV asrda yozilgan, muallifi Mirzo Ulug'bekdir.
Kitobda Odam atoning yaratilishi va islomiyatdan awal oʻtgan paygʻambarlar, turklarning afsonaviy otabobolari hisoblangan Yofas ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk-moʻgʻul qabilalari va Chingizxon tarixi bayon etilgan. Turkxon ibn Yofas va uning Turkiston zaminida podshohlik qilgan avlodi Abuljaxon, Dibokuyxon, Kuyukxon va boshqalar, moʻgʻul va turk qavmlari va ularning podshohlari tarixi bayon etilgan.
“Tarixi arba’ ulus” asarida to‘rt ulus oʻrtasidagi siyosiy munosabatlar, “o‘zbek” etnonimining kelib chiqish vaqti xususida ham qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Ushbu kitobning faqat qisqartirilgan tahririning toʻrt moʻtabar qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan. Ularning ikkitasi Angliyada, bittasi Hindistonda va toʻrtinchi nusxasi AQShda saqlanmoqda. Mirzo Ulug‘bek tarixiy asarining inglizcha tarjimasi 1838-yili Mayls tomonidan Angliyada chop etilgan. O‘zbekcha tarjimasi B.Ahmedov, M.Hasaniy va N.Norqulovlar tomonidan bajarilib, 1994-yiIi Toshkentda chop etildi.
Adabiyotlar
tahrir- Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.