Tojli begim
Tojlixonim (forscha: تاجلو خانم) yoki Tojli Begim (تاجلی بیگم), shuningdek, Shoh-Begixonim (شاه بگی خانم)unvoni bilan ham tanilgan. Mavsillu qabilasidan boʻlgan turkman malikasi va Ismoil I ning turmush oʻrtogʻi.
Tojli begim | |
---|---|
Safaviylar imperiyasi malikasi | |
Safaviylar imperiyasida bosh malika | |
Sulton begim | 1504–1524 |
Tugʻilishi | 1485-yil |
Vafoti |
1540-yil (54—55 yoshda) Sheroz |
Dafn etilgan joy | |
Turmush oʻrtogʻi | shoh Ismoil I |
Uy | Mavsillu qabilasi |
Otasi | Mehmed bek Mavsillu |
Dini | Islom |
Oilasi
tahrirItaliyalik yozuvchi Angiolello va eronlik tarixchi Manuchehr Parsadust u ona tarafdan Oq qoʻyunlilar davlatining hukmdori Yoqubning (1478-1490) nabirasi ekanligiga ishonishgan, Jon Vuds uning otasi Mehmed beg , Amir Hamza esa ota tarafdan bobosi deb hisoblagan[1]. Uning Beksixon ismli opasi ham bor edi[2].
Nikohi
tahrirAngiolello va Ramusio maʼlumotlariga koʻra, Safaviy shohi Ismoil I (hukmronligi 1501-1524-yillar) 1503-yilda Oqqoʻyunlu hukmdori Murod ibn Yaʼqub ustidan gʻalaba qozonib, Tojluxonimga uylangan, ammo Budaq Monshi Qazviniy kabi Safaviylar davri tarixchilariga koʻra, u Afrasiyobiy hukmdor Kiya Husayn II ning rafiqasi boʻlib, Oqqoʻyunlu konfederatsiyasi tarqatib yuborilishi davrida oʻz hukmronligini gʻarbiy Mozandarondan Fors Iroqining bir qismiga kengaytirgan. Ismoil I oxirgi hududlariga bostirib kirdi va 1504-yilda uningz hukmronligiga chek qoʻydi, keyin Tojlixonimni oʻzining haramiga oldi. Shundan soʻng u Ismoilning eng sevimli xotini boʻlib, Tahmasp Mirzo va Baxrom Mirzo Safaviyni dunyoga keltirdi.
Safaviylar saroyidagi hayoti
tahrirUning Chaldiron jangida qoʻlga olinishi Safaviylar va Usmonli imperiyalari tarixchilari oʻrtasida asosiy tortishuv nuqtasi boʻlgan[3]. Usmonli manbalarida uning jang paytida asirga olingani va hatto Salim I bilan suhbatlashgani yozilsa, Safaviy manbalariga ko‘ra, u yoʻqolib qolgan, ammo Mirzo Shoh Husayn uni topib olgan va shu tufayli Safaviylar saroyida vakillik darajasiga ko‘tarilgan[4]. Rojer Savorining so‘zlariga ko‘ra, asirga olingan va keyinroq yana qayta shoh Ismoil I ga Behruzaxon ismi bilan turmushga chiqqan.
Tojli begim 1519-yilda Fotima al-Maʼsuma ziyoratgohini moliyalashtirgan, 1524-yilda Tahmasp Mirzoning taxtga chiqishiga koʻmaklashgan. Ammo oʻgʻlining xiyonati tufayli 1540-yilda Sherozga surgun qilingan. Bibi Doʻxtaron maqbarasiga dafn qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Woods, John E.. The Aqquyunlu : clan, confederation, empire, Rev. and expanded, Salt Lake City: University of Utah Press, 1999 — 192–193-bet. ISBN 0-585-12956-8. OCLC 44966081.
- ↑ Ruggles, D. Fairchild. Women, Patronage, and Self-Representation in Islamic Societies (en). SUNY Press, 2000-08-03 — 140-bet. ISBN 978-0-7914-4469-6.
- ↑ Savory, Roger. Tajlu Khanum: Was She Captured by the Ottomans at the Battle of Chaldiran?, Jeremiás, Éva M., Piliscsaba: The Avicenna Institute of Middle Eastern Studies, 2003 — 217–232-bet. ISBN 963-86359-0-8. OCLC 59719983.
- ↑ Roemer, H. R. (1986). „The Safavid period“. The Cambridge History of Iran, Volume 5: The Timurid and Safavid periods. Cambridge: Cambridge University Press. p. 231. ISBN 9780521200943.
Adabiyotlar
tahrir- Bosworth, C. E. (1984). "ĀL-E AFRĀSĪĀB". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7. London u.a.: Routledge & Kegan Paul. 742–743 b. Archived from the original on 2014-02-20. https://web.archive.org/web/20140220030654/http://www.iranicaonline.org/articles/al-e-afrasiab-a-minor-iranian-shiite-dynasty-of-mazandaran-in-the-caspian-coastlands-that-flourished-in-the-late-medi.
- Savory, Roger (1998). "ESMĀʿĪL I ṢAFAWĪ". Encyclopaedia Iranica, Vol. VIII, Fasc. 6. 628–636 b. http://www.iranicaonline.org/articles/esmail-i-safawi.
- Newman, Andrew J.. Safavid Iran: Rebirth of a Persian Empire. I.B. Tauris, 2008 — 1–281-bet. ISBN 9780857716613.