Toldiq
Toldiq — Olay tizmasining sharqiy qismidagi dovon (Qirgizistonda), Olay vodiysi bilan Gulcha daryosining boshlanish joyida. Bal. 3615 m. T. dovoni orqali Oʻsh — Xorugʻ avtomobil yoʻli oʻtadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |