Tolib Sodiqov
Tolib Sodiqov (1907.12.3 Toshkent – 1957.5.9) – kompozitor, dirijyor va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Samarqanddagi Oʻzbek musiqa va xoreografiya instituti (1928-32), Moskva konservatoriyasining Oʻzbek opera studiyasi (1939-41)da taʼlim olgan. Oʻzbek davlat drama teatrining musiqa (rahbari (1930-32), Oʻzbek davlat musiqali teatri (1938-39) va Navoiy teatri (1941-54)ning bosh dirijyori, Oʻzbekiston kompozitorlari uyushmasining birinchi raisi (1939-48). Oʻzbekiston radioqoʻmitasi badiiy rahbari (1951-54). Kompozitorlik faoliyatini 1930-yilda „Bogbon qiz“ (S. Abdulla pyesasi)ga musika yaratishdan boshlagan. „Layli va Majnun“ (N. Mironov bilan hamkorlikda, 1933), „Davron ota“ (A. Kozlovskiy bilan, 1941) va boshqa musiqali dramalari, R.Glier bilan hamkorlikda yaratgan „Layli va Majnun“ (1940), „Gulsara“ (1949) operalari bilan oʻzbek musiqali teatri rivojiga katta hissa qushgan. S. B. Zeydman bilan hamkorlikda boshlagan soʻnggi operasi – „Zaynab va Omon“ni Yu. Rajabiy, D. Zokirovlar nihoyasiga yetkazishgan. Shuningdek, u „Alisher Navoiy“ (R. Glier bilan), „Kinokonsert“ (B. Brovsin bilan) filmlariga yozilgan musiqalar, simfonik, xor va boshqa asarlar muallifi. Uning oʻzbekona va umumsharqiy ohanglardagi „Bahor“, „Sarvi gul“, „Bulbul“, „Alla“, „XUR Vatan“, „Jonon koʻrinur“ kabi qoʻshiq va romanslari ommaviylashgan. Toshkentdagi 1-bolalar musiqa maktabi, xalq filarmoniyasi va koʻchaga S. nomi berilgan. S. nomidagi Xalqaro musiqiy xayriya jamgʻarmasi tashkil etilgan (1998). Davlat mukofoti laureati (1951). "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2003).[1]
Tolib Sodiqov | |
---|---|
Tavalludi |
12-mart 1907-yil |
Vafoti |
5-sentyabr 1957-yil (50 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME