Tom Høgli
Tom Høgli (talaffuzi: Tom Xogli; 1984-yil 24-fevralda tugʻilgan) — Norvegiyalik sobiq professional futbolchi, oxirgi marta Eliteseriyaning Tromsø jamoasida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Tom Høgli[1] | ||
Tavallud sanasi | 24-fevral 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Harstad, Norvegiya | ||
Boʻyi | 5 ft 9 in (1.75 m) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2006 | Bodø/Glimt | 59 | (3) |
2007—2011 | Tromsø | 106 | (1) |
2011—2014 | Club Brugge | 72 | (1) |
2014—2017 | Copenhagen | 50 | (1) |
2018 | Tromsø | 11 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2005—2006 | Norvegiya U21 | 10 | (0) |
2006 | Sápmi | 3 | (6) |
2008—2015 | Norvegiya | 49 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klublardagi faoliyati
tahrirBodø/Glimt
tahrirHøgli Bodø/Glimt safida toʻrt mavsum oʻynagan, 59 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan. 2007-yilgi mavsum oldidan Tromsoga oʻtgan.
Tromso
tahrirTromso IL markaziy yarim himoyachi Patrice Bernier ketganidan keyin oʻrniga Høglini oʻz jamoasiga qoʻshib oldi. Muxlislar tomonidan 2008-yilgi mavsumda Tromsodagi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va „Super Tom“ laqabini oldi. 2011-yil 29-may kuni Tromso safidagi birinchi golini Brannga qarshi o‘yinda (4:0) kiritdi.
Club Brugge
tahrir2011-yil 18-iyun kuni Høgli Belgiya Pro-ligasining kuchli gigant klubi Club Brugge bilan shartnoma imzoladi.
Copenhagen FK
tahrir„Bryugge“da uch mavsum o‘tkazgandan so‘ng, Høgli klub bilan 2014-yilning 31-yanvarida (shartnoma muddati 2014-yil 1-iyulda tugaydi) Daniyaning Copenhagen klubiga o‘tishga kelishib oldi[2].
2014-yilning 20-iyulida Daniya Superligasi doirasidagi Silkeborg IFga qarshi oʻyinda debyut qildi.
Xalqaro faoliyati
tahrirHøgli Norvegiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida 10 ta oʻyinda ishtirok etgan[3]. Sápmi safida 2006-yilgi VIVA Jahon kubogida eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.
2008-yil 20-avgustda Høgli Norvegiya milliy terma jamoasi safida Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. 2009-yilning kuzida milliy murabbiy Egil Olsen tomonidan Germaniyaga qarshi oʻyin uchun terma jamoaga chaqirilgan.
2012-yil 26-may kuni Angliya milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi Høglining 25-o‘yini boʻldi. Steven Gerrardning zarbasi tufayli 37-daqiqadan so‘ng maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Oʻyin oxirida Oltin soat oldi. Norvegiya shifokori Tor Einar Anderssenning soʻzlariga koʻra, bu toʻqnashuvdan keyin Høglining faoliyatini yakunlashi mumkin edi[4].
Høgli Sápmi milliy futbol jamoasi bilan 2006-yilgi Viva Jahon Kubogida chempion boʻlgan.
Xalqaro gollari
tahrir# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2011-yil 11-oktyabr | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Kipr Respublikasi | 3 — 1 | 3—1 | UEFA Yevro-2012 saralashi |
2. | 2013-yil 7-iyun | Qemal Stafa stadioni, Tirana, Albaniya | Albaniya | 1 — 1 | 1—1 | 2014-yilgi jahon chempionati saralashi |
Faoliyat statistikasi
tahrir- 1-sentyabr, 2018-yil
Klub | Mavsum | Diviziya | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
Bodø/Glimt | 2003 | Tippeligaen | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 |
2004 | Tippeligaen | 13 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 18 | 0 | |
2005 | Tippeligaen | 17 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 20 | 0 | |
2006 | Adeccoligaen | 28 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 29 | 3 | |
Jami | 59 | 3 | 9 | 0 | 1 | 0 | 69 | 3 | ||
Tromsø | 2007 | Tippeligaen | 14 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 18 | 0 |
2008 | Tippeligaen | 24 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 26 | 0 | |
2009 | Tippeligaen | 28 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | 37 | 0 | |
2010 | Tippeligaen | 30 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 34 | 0 | |
2011 | Tippeligaen | 10 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 14 | 1 | |
Jami | 106 | 1 | 17 | 0 | 6 | 0 | 129 | 1 | ||
Club Brugge | 2011—2012 | Jupiler Pro ligasi | 31 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 36 | 0 |
2012—2013 | Jupiler Pro ligasi | 24 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | 30 | 0 | |
2013—2014 | Jupiler Pro ligasi | 17 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 18 | 1 | |
Jami | 72 | 1 | 3 | 0 | 9 | 0 | 84 | 1 | ||
Copenhagen | 2014—2015 | Superliga | 31 | 1 | 0 | 0 | 9 | 0 | 40 | 1 |
2015—2016 | Superliga | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 8 | 0 | |
2016—2017 | Superliga | 9 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 11 | 0 | |
2017—2018 | Superliga | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | |
Jami | 50 | 1 | 0 | 0 | 12 | 0 | 62 | 1 | ||
Tromsø | 2018 | Eliteserien | 11 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 |
Jami faoliyati | 298 | 6 | 30 | 0 | 28 | 0 | 356 | 6 |
Yutuqlari
tahrirCopenhagen
- Daniya Superligasi: 2015—2016, 2016—2017
- Daniya kubogi: 2014—2015, 2015—2016, 2016—2017
Individual
- Kniksen mukofoti yil himoyachisi: 2010-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Tom Høgli“ (Norwegian). Football Association of Norway. Qaraldi: 2019-yil 12-oktyabr.
- ↑ Grindstein, Gunnar. „Høgli bekrefter overgang til FCK“ (Norwegian). NRK (2014-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 31-yanvar.
- ↑ Nilssen, Knut Løkse. „Høgli på landslaget“ (Norwegian). Harstad Tidende (2006-yil 14-avgust). 2016-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-may.
- ↑ „- Tom kunne blitt fotballinvalid. Karrieren kunne vært ødelagt“ (Norwegian). dagbladet.no. Dagbladet (2012-yil 27-may). Qaraldi: 2012-yil 27-may.