Tong nafasi
„Tong nafasi“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidovning ilk sheʼriy toʻplami. Toʻplam 1961-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan[1]. „Tong nafasi“ toʻplami eʼlon qilingan paytda Vohidov 25 yoshda boʻlgan. Kitob juda kichik hajmli boʻlib, atigi 30 sahifaga ega.
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1961 |
Sahifalar soni | 30 |
Toʻplam oʻquvchilar hamda tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Filolog olim Yoʻldosh Solijonov „Tong nafasi“ toʻplami eʼlon qilinishi bilanoq oʻquvchilar orasida qoʻlma-qoʻl boʻlganini xotirlashini yozgan[2]. Adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov toʻplamga taqriz yozib, shunday xulosa qilgan: „yosh shoirning ilk mashqlarida koʻproq dunyoni endi kashf etayotgan, oʻzining kashfiyotidan oʻzi zavqlanib, quvonchidan boshqalarni xabardor etishga oshiqayotgan, hayot benihoya goʻzal, noyob neʼmat ekanini tushunib kelayotgan murgʻak qalbning quvonchlari bor“[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Tong nafasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.
- ↑ Solijonov, Yoʻldosh „Ruhiyatni yoritgan sheʼriyat“. Adabiyot. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.(Wayback Machine saytida 2020-11-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ Yusupova, S. „Soʻz durlarin termoqdir ishi: Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bibliografik sharh“. Ahmad Fargʻoniy nomidagi Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazi (2016). 2021-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.