Kaklikoʻt
(Toshchoʻpdan yoʻnaltirildi)
Kaklikoʻt, togʻjambil, toshchoʻp (Thymus zeravschanicus) — yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 15 sm cha. Toshloq yerlarda, togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Iyun—avgustda gullab, sentabrda urugʻlaydi. Maysaligida ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi. Yer ustki qismidan farmatsevtika va atir-upa sanoatida ishlatiladigan efir moyi olinadi. Gullagan davrida efir moyi koʻp toʻplanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |