Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali

Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali — Oʻzbekistondagi davlat oliy oʻquv yurti va yuridik fan markazlaridan biri[1].

Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali
Xalqaro nomi
Specialized branch of Tashkent state university of law
Shiori Kuch - adolatda
Asos solingan sanasi 2019-yil
Rektori Otajonov Abrorjon
Manzili
Тoshkent 100190, O`zbekiston Quloqtepa ko'chasi 8-а uy
Veb-sayti sbtsul.uz

Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4166-son qaroriga[2] muvofiq Toshkent shahar va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etilgan hamda oʻz faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Professor-oʻqituvchilari tarkibi

tahrir

Filialning qayta tayyorlash kursi oʻquv mashgʻulotlariga mehnatga soatbay haq toʻlash asosida 29 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida hamda Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar jalb etilgan.

Asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilarning 4 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tizimida, 2 nafari Ichki ishlar vazirligi tizimida, 2 nafari Mudofaa vazirligi tizimida, 2 nafari Milliy gvardiya tizimida faoliyat yuritgan boʻlib, shundan 1 nafari tizimning amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan holda Filialda faoliyat olib bormoqda.

Rahbar hamda boshqaruv xodimlarining 3 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Boshqaruv xodimlarining 1 nafari Ichki ishlar vazirligi tizimida, 1 nafari prokuratura tizimida faoliyat yuritgan boʻlib, amaldagi kadrlar zahirasiga kiritilgan holda Filialda faoliyat olib bormoqda.

Axborot-resurs markazi

tahrir

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali Axborot-resurs markazi Filial tarkibiy boʻlinmasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi „Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xafsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-4166-sonli qaroriga[2] muvofiq tashkil etilgan.

Bugungi kunda Axborot-resurs markazining umumiy maydoni — 122,5 m2, oʻquv zalidagi oʻrinlar soni — 24 ta, kompyuter zalidagi kompyuterlar soni −15 tani tashkil etadi. Axborot-resurs markazining umumiy fondi 2824 nusxa oʻquv, badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlardan iborat. Axborot-resurs markazi foydalanuvchilar soni — 630 nafar bõlib, ular Filial talabalari, professor-oʻqituvchilar va boshqa xodimlardan iborat.

TDYU IF Axborot-resurs markazi oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasining Qonun va qarorlariga, yaʼni 2011-yil 13-aprelda qabul qilingan „Kutubxona — axborot faoliyati toʻgʻrisidagi Qonun“, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyun PQ-381 sonli „Respublika aholisini Axborot-kutubxona bilan taʼminlash toʻgʻrisida“gi qarori[3], Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2006-yil 29-dekabr 295-sonli buyruqlari va boshqa hujjatlarga amal qiladi.

Axborot-kutubxona fondi Filial „Yurisprudensiya“ yoʻnalishi boʻyicha kafedralar va oʻquv boʻlimi bilan kelishilgan tartibda, hadya qilingan resurslar, vaqtli nashrlarga qilingan obuna hisobiga hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlimni Rivojlantirish markazidan, nashriyotlardan, firmalardan, oliy oʻquv yurtlaridan va boshqa tashkilotlardan olingan nashrlar hisobiga doimiy ravishda toʻldirib boriladi.

Axborot-resurs markazining shtati 6 birlikdan iborat boʻlib, hozirgi kunda 2 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.

Filialdagi taʼlim

tahrir

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida 6 ta kafedra mavjud. Bundan tashqari Ixtisoslashtirilgan filialida bir qancha boʻlimlar bor. Jumladan, buxgalteriya boʻlimi, moliya-iqtisod boʻlimi, oʻquv uslubiy boʻlimi, raqamli taʼlim texnologiyalar markazi, kadrlar boʻlimi, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, kanselyariya va arxiv boʻlimi, ekspluatatsiya va xoʻjalik boʻlimi, ikkinchi boʻlim va direktoratdan iborat.

Filial rahbariyati

tahrir
Lavozim Ism
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori   Otajonov Abrorjon Anvarovich
Ixtisoslashtirilgan filiali direktorining yoshlar masalalari va maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari   Abrayev Akbar Ziyodullayevich
Oʻquv ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari   Djurayev Ixtiyor Baxtiyorovich
Moliya-xoʻjalik ishlari boʻyicha direktori oʻrinbosari   Xundibayev Axmad Abdurasulovich

Filialning asosiy vazifalari

tahrir
  • yurisprudentsiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni taʼminlashga qaratilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;
  • nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash faoliyati bilan uzviy boğliqligini taʼminlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻquv jarayonini taʼlim berishning modul tizimi asosida tashkil etish;
  • taʼlim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish;
  • taʼlim oluvchilarning aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va oʻzaro hamkorlik qilish koʻnikmalarini takomillashtirish;
  • taʼlim oluvchilarning aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va oʻzaro hamkorlik qilish koʻnikmalarini takomillashtirish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyatini uslubiy va konsultativ taʼminlash;
  • yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan xorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan oʻzaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish kabilar belgilangan.

Manbalar

tahrir
  1. „Yuridik universitetning ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi“.
  2. 2,0 2,1 „2019-yil 7-fevraldagi PQ-4166-son qaror“.
  3. „RESPUBLIKA AHOLISINI AXBOROT-KUTUBXONA BILAN TA’MINLASHNI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“.