Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси) — Oʻzbekiston hududida Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari ijrosini nazorat etuvchi organlar tizimidir[1].
Maqsadi | Huquqni muhofaza qilish |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1992-yil 8-yanvar |
Joylashuvi | 100047, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Akademik Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 66. |
Bosh prokuror | Nigʻmatilla Yoʻldoshev |
Bosh prokuror oʻrinbosari | Salom Samadov |
Bosh prokuror oʻrinbosari | Svetlana Ortiqova |
Vebsayti | prokuratura.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus |
Maqomi
tahrir- Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.
- Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi[2].
- Qoraqalpogʻiston Respublikasining Prokurori Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi.
- Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil.
- Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga boʻysunib amalga oshiradilar. Prokurorlar oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi boshqa jamoat birlashmalariga aʼzolikni toʻxtatib turadilar.
- Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
- Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning boʻlinmalarini tuzish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi taʼqiqlanadi.
Tuzilmasi
tahrirBosh prokurorlar
tahrir- 1992-1998 — Boʻritosh Mustafoyev
- 1998-2000 — Usmon Xudoyqulov
- 2000-2015 — Rashid Qodirov
- 2015-2018 — Ixtiyor Abdullayev
- 2018-2019 — Otabek Murodov
- 2019-yildan — Nigʻmatilla Yoʻldoshev