Bekjon Toshmuhamedov
Bekjon Oybekovich Toshmuhamedov (1935-yil 27-yanvar, Toshkent — 2020-yil 25-iyun) — biolog, biofizik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1987). Biologiya fanlari doktori (1971), professor (1973). Atoqli yozuvchi Oybekning oʻgʻli.
Bekjon Toshmuhamedov | |
---|---|
Tavalludi |
1935-yil 27-yanvar |
Vafoti |
25-iyun 2020-yil (85 yoshda) |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Moskva universiteti |
Kasbi | Biolog |
Otasi | Oybek |
Onasi | Zarifa Saidnosirova |
Mukofotlari | Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti |
Faoliyati
tahrirMoskva universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tugatgan (1958), shu universitetda aspirant (1958—1961), ToshDUning biologiya-tuproqshunoslik fakultetida kichik ilmiy xodim (1962), biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti (1963—1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi (1965—1967) va Biokimyo instituti (1967—1985) biofizika laboratoriya mudiri. 1979—1986-yillarda ToshDU biofizika va atrof muhit muhofazasi kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fiziologiya institutida direktor (1985—1992), boʻlim boshligʻi (1998-yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi (1992—1995). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1995—1997).
Asosiy ilmiy ishlari biologik membranalarning hosil boʻlishi va ularning boshqaruvchanlik roli, toksinlar, gormonlar, pestitsidlar, feromonlar, defoliantlar va boshqa biologik faol moddalarning membranaga taʼsir qilish mexanizmini oʻrganishga oid. YuNESKO qoshidagi „Inson va biosfera“ milliy komiteti raisi (1998-yildan). „Oʻzbekiston biologiya jurnali“ bosh muharriri (1996-yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989)[1][2].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |