Tovuq shoʻrvasi — bu past olovda suvda qaynatilgan tovuq shoʻrvasi boʻlib, odatda turli xil qoʻshimcha mahsulotlar: tovuq boʻlaklari, sabzavot, makaron mahsulotlari (lapsha), donli mahsulot yoki guruch kabi don va boshqa ingredientlarni shoʻrvaga qoʻshish mumkin.

Tovuq sho`rvasi

Xamirli Tovuq sho`rva
Turi sho`rva
Asosiy komponentlari tovuq go`shti
Boshqa komponentlari sabzavotlar, makaron, don maxsulotlari

Tarixi

tahrir

Azaldan tovuq shoʻrvasi umum tiklovchi taʼsirga ega ekan deb hisoblanib, kasallangan insonlarga uni ichish tavsiya etilgan, chunki uni hazm qilishga oson deb bilishgan [1]. Qadimgi Misrda tovuq shoʻrva umumiy sovuqqa qarshi samarali vosita deb hisoblangan. Mil.av. I asrda yashab oʻtgan qadimgi yunon harbiy shifokori Dioskorid, „De Materia Medica“ dorilar uchun retseptlar toʻplamida, tovuq shoʻrvasi haqida gapirib oʻtgan [2]. X asrda esa Ibn Sino [1] tovuq shoʻrvasining salomatlik uchun ulkan foyda kelishini taʼkidlagan, shuningdek, XII asrda yahudiy faylasufi, ilohiyotshunosi va shifokori Maymonid tovuq shoʻrvasi „zararlangan gumorni tiklash, kasallarni davolash, gemorroid muammosiga qarshi kurashuvchi vosita deb atagan“ [2][3].

Tovuq shoʻrvasining dorivor xususiyatlariga ishonish Gʻarb oshpazlik anʼanalariga ham oʻtgan. Xususan, tovuq shoʻrvasini yahudiy oshxonasi bilan oʻziga xos tarzda bogʻliqligi ham mavjud. Shu tarzda, Sharqiy Yevropada yahudiylar har juma kuni tovuqni pishirib, natijada tayyor suvidan ular hafta davomida shoʻrvalar tayyorlashgan, bu oʻz oʻrnida kuchlarni tiklantiruvchi taom sifatida qoʻllangan. Shoʻrvaning zamonaviy xalq nomlaridan biri bu „yahudiy penitsillin“idir [1].

Tovuq shoʻrvasining retseptlari birinchi bosma oshpazlik kitoblarida, masalan, Platinaning („Andoza:Lang-la2“, 1470) „Foydali zavq va salomatlik“ kitobida nashr etilgan. XVI asrdan buyon butun dunyoda tovuq shoʻrvasi tayyorlanib kelinadi [1].

Xususiyatlari va tarkibi

tahrir

Zamonaviy tadqiqotlar natijalariga koʻra, tovuq shoʻrvasi shamollash bilan kasallanganlar insonlarga tinchlantiruvchi va yalligʻlanishga qarshi kurashuvchi taʼsir ham koʻrsatishi mumkin [4]. Biroq, oʻtkazilgan tadqiqotlarning hech biri tovuq shoʻrvasini isteʼmol qilish natijasida yuzaga kelgan oʻzgarishlar (xususan, qonda) shamollash alomati mavjud boʻlgan odamlarga sezilarli taʼsir koʻrsatgani yoki yoʻqligi borasida natijalar toʻliq aniqlamagan [5].

Tovuq shoʻrvasining kimyoviy tarkibi kam oʻrganilgan boʻlib, uni tayyorlash usuliga koʻra mazkur tarkib, sezilarli darajada farq qilishi mumkin [2]. Ammo shunga qaramay, tovuq shoʻrvasining shifobaxsh xususiyatlari, baʼzi ilmiy dalillarga ham ega: tadqiqotlar asosida shoʻrva tarkibida oqsil va vitaminlarga qoʻshimcha ravishda salomatlikni tiklovchi peptidga ega boʻlgan [1].

Mazkur shoʻrva tarkibida xolesterin mavjud boʻlib, ammo [tovuq shoʻrva]ni meʼyorida isteʼmol qilinganda giperxolesterinemiya taʼsiri haqida juda kam dalillar keltirilgan" [2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Smith 2003.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Chicken Soup“ (en). Drugs.com (2009). Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  3. Ingrid Haslinger „Suppen der frühen Kulturvölker“, . Dampf stieg aus dem Topf hervor: Eine Kulturgeschichte der Suppen aus aller Welt, 1. Auflage, Wien: Mandelbaum Verlag, 2010. ISBN 978385476-338-3. 
  4. Taylor A.L. „Soup: Why do we eat it when we're ill?“ (en). BBC (2012-yil 8-yanvar). — „…it can be soothing and anti-inflammatory for those with colds“. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  5. Parker-Pope T. „The Science of Chicken Soup“ (en). The New York Times (2007-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-may.

Adabiyot

tahrir
  • Smith A.F. Chicken soup // Encyclopedia of food and culture / Solomon H. Katz. — Charles Scribnerʼs Sons, 2003. — T. 1. — S. 366—367. — ISBN 0-684-80565-0.
  • Ohry A., Tsafrir J. Is chicken soup an essential drug? : [angl.] // Canadian Medical Association Journal. — 1999. — Vol. 161, № 12 (1 December). — P. 1532—1533.
  • Charles Sinclair. chicken soup // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 127. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.