Toyoyama
Toyoyama (yaponcha: 豊山町 Toyoyama-chō ) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Nishikasugai tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shahardagi 6757 ta xonadonda 15630 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 2529 nafarni tashkil etadi[1]. Shaharning umumiy maydoni 6,18 kvadrat kilometr (2,39 mi²) ga teng.
Toyoyama 豊山町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°15′1.8″N 136°54′43.7″E / 35.250500°N 136.912139°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat |
[[Chūbu vloyato Tōkai viloyati]] |
Prefektura | Aichi |
Yaponiya tumanlari|tuman | Nishikasugai |
Maydon | 6.18 km2 (2.39 kv mi) |
Aholisi (2019-yil) |
15 630 kishi |
Zichligi | 2500 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9 |
Telefon kodi | 0568-28-0001 |
|
Geografiyasi
tahrirToyoyama markaziy Aichi prefekturasining tekislik hududida joylashgan. Shahar hududining uchdan bir qismini Nagoya aerodromi egallaydi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrir- Aichi prefekturasi
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Toyoyama aholisi soni soʻnggi 20 yil ichida oʻsib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 3,713 | — |
1950 | 4,265 | +14.9% |
1960 | 4,612 | +8.1% |
1970 | 11,005 | +138.6% |
1980 | 13,693 | +24.4% |
1990 | 13,213 | −3.5% |
2000 | 13,001 | −1.6% |
2010 | 14,404 | +10.8% |
Iqlimi
tahrirShahar iqlimi issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Toyoyamada oʻrtacha yillik harorat 15,8 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1713 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,2 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,4 °C atrofida boʻladi[3].
Tarixi
tahrirAoyama va Toyoba qishloqlari 1889-yil 1-oktyabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan Aichi Nishikasugai tumani tarkibida tashkil etilgan. Shahar qishloqlari 1906-yil 16-iyulda Toyoyamani tashkil qilish uchun birlashtirildi. Toyoyama 1972-yil 1-aprelda shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Iqtisodiyoti
tahrirMitsubishi Heavy Industries Aerokosmik boʻlimi Toyoyamada Mitsubishi Regional Jet mashinasini yigʻish bilan shugʻullanadi. Umumiy aviatsiya operatori Nakanihon Air Service ham Toyoyama shahridagi aeroport hududida joylashgan[4]. Toyoyamada Nagoya markaziy ulgurji bozori ham joylashgan.
Taʼlim tizimi
tahrirToyoyamada uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuriatdi.
Transport
tahrirAeroport
tahrirTemir yoʻl
tahrirToyoyamada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.
Magistral yoʻl
tahrirToyoyamaning taniqli odamlari
tahrir- Ichiro Suzuki, beysbolchi[5].
- Tae Honma, professional kurashchi.
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toyoyama Town official statistics (yaponcha)
- ↑ Toyoyama population statistics
- ↑ Toyoyama climate data
- ↑ „Welcome To Nakanihon Air Service Station“. Nakanihon Air Service. Qaraldi: 2011-yil 9-avgust.
- ↑ „A Seeker on the Diamond“. Aichi Prefecture. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (yaponcha)