Trans-Sibir temir yoʻli (Fabergé tuxumi)
Trans-Sibir temir yoʻli tuxumi 1900-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé rahbarligida Rossiya podshosi Nikolay II uchun tayyorlangan Pasxa tuxumidir. Nikolay II Trans-Sibir temir yoʻli tuxumini oʻzining rafiqasi Alexandra Feodorovnaga Pasxa sovgʻasi sifatida taqdim etgan. Hozirda Trans-Sibir temir yoʻli tuxumi Moskvadagi Kreml qurol-yarogʻ muzeyida saqlanadi[1].
Trans-Sibir temir yo'li Fabergé tuxumi | |
---|---|
Trans-Sibir temir yo'l tuxumi 2003-yilda Kremlda suratga olingan | |
Yetkazib berilgan yil | 1900 |
Mijoz | Nikolay II |
Qabul qiluvchi | Alexandra Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | Kreml qurol-yarog' muzeyi |
Sotib olish yili | 1927 |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Michael Perkhin |
Foydalanilgan materiallar | Oltin,kumush,ko'k,yashil,to'q sariq rangli emal, oniks, astar uchun baxmal |
Boʻyi | 260 mm |
Eni | - |
Oʻziga xos xususiyati | oltin, platina, olmos, yoqut va billurdan yasalgan miniatyura poyezdi |
Dizayni
tahrirTrans-Sibir temir yoʻli tuxumining tashqi koʻrinishi oniks, kumush, oltin va kvartsdan yasalgan va rangli shishasimon emal bilan bezatilgan. Tuxumning qopqogʻi yashil emal bilan qoplangan va akantning naqshli barglari bilan bezatilgan. Qopqoqning tepasida Imperator toji bilan oltin rangdagi uch boshli oltin burgut mavjud. Tuxumning ichki qismi baxmal bilan qoplangan[2].
Trans-Sibir temir yoʻlining marshrut xaritasi tuxum yuzasi boʻylab kumush bilan oʻyib ishlangan, asosiy stantsiyalar qimmatbaho tosh bilan belgilangan. Tuxumni oq oniksdan yasalgan pogʻonali uchburchak asosda oltin bilan qoplangan kumushdan yasalgan uchta griffin koʻtarib turadi[3].
Oʻziga xos xususiyati
tahrirSovgʻa — bu oltin, platina, olmos, yoqut va billurdan yasalgan miniatyura poyezdi. Poyezdda olmosli fara va yoqut chiroqlari mavjud. Poyezdda „pochta“, „faqat ayollar“, „chekish“, „chekish taqiqlangan“ va „chapel“ deb yozilgan kristall oynali beshta vagon mavjud. Poyezdda oltin kalit bor. Bu bilan poyezdni harakatga keltirish mumkin.
Tarixi
tahrir1900-yilda Rossiyaning Tinch okeani sohilidagi Yevropa Rossiyasini Vladivostok bilan bogʻlovchi temir yoʻl qurilishi nihoyasiga yetdi. Bu resurslar va inson hayoti uchun juda qimmatga tushganiga qaramay, Nikolay II uchun katta yutuq edi, chunki imperator sifatida u sharqiy poydevor toshini qoʻyish uchun Uzoq Sharqqa sayohat qilgan edi[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Faber, Toby. Faberge's Eggs: The Extraordinary Story of the Masterpieces That Outlived an Empire. Random House, 2008. ISBN 978-1-4000-6550-9.
- ↑ Forbes, Christopher. FABERGE; The Imperial Eggs. Prestel, 1990.
- ↑ Lowes, Will. Fabergé Eggs: A Retrospective Encyclopedia. Scarecrow Press, 2001. ISBN 0-8108-3946-6.
- ↑ Snowman, A Kenneth. Carl Faberge: Goldsmith to the Imperial Court of Russia. Gramercy, 1988. ISBN 0-517-40502-4.