Sagaan xas (Oq svastika)
Sagaan xas (moʻgʻ.: Цагаан Хас; oq svastika degan maʼnoni anglatadi) yoki Dayar Moʻgʻul moʻgʻul neonatsist tashkiloti boʻlib, 3000 aʼzosi borligini daʼvo qiladi[1][2][3]. Boshqa manbalar tashkilotning „1000 dan ortiq aʼzolari“ borligini maʼlum qilgan[4]. Reuters agentligining 2013-yildagi maʼlumotlariga koʻra, ularda „faqat 100 nafardan ortiq aʼzolar“ boʻlgan[5]. Moʻgʻulistonlik tarixchi Nyam Puruv 2009-yilda guruhning oʻnlab aʼzolari borligini taxmin qilgan[6]. Tashkilotning saylov boʻyicha filiali 2008-yilgi Moʻgʻuliston qonunchilik saylovlarida 1 foiz yoki undan kam ovoz olgan[7][8].
Guruhga Ariunbold Altanxuum asos solgan[9]. U 1990-yillarda tashkil etilgan[5]. Guruh Moʻgʻulistonning bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida anʼanaviy koʻchmanchi turmush tarzi kamayganidan keyin va iqtisodiy tengsizlikning kuchayishi davrida paydo boʻlgan[6][10].
Altanxuumtashkilot haqida quyidagicha fikrlarini maʼlum qilgan: „Bizning bu yoʻlni tanlaganimizga sabab, Moʻgʻulistonda sodir boʻlayotgan voqealar 1939-yilda Germaniyada boʻlgan harakatga oʻxshaydi, Gitler mamlakatini qudratli davlatga aylantirgan“[5]. Altanxuum ham Fransisko Franko va Chingizxon haqida ijobiy fikrlar bildirgan[11].
Guruhning „Katta birodar“ taxallusi bilan ishlaydigan hammuassisi esa quyidagi soʻzlarni aytgan: „Adolf Gitler biz hurmat qiladigan inson edi. U bizga milliy oʻzlikni saqlashga oʻrgatdi. Biz uning ekstremizmi va Ikkinchi jahon urushini boshlashiga xayrixoh emasmiz. Biz bu qotilliklarning barchasiga qarshimiz, lekin biz uning mafkurasini qoʻllab-quvvatlaymiz. Biz fashizmdan koʻra millatchilikni koʻproq qoʻllab-quvvatlaymiz.“ Guruh aʼzolari fashistlar libosida (masalan, Schutzstaffel kiyimiga oʻxshash) kiyinadilar va „sieg heil“ singari tabriklash usullari, Temir xoch va natsist burguti belgilaridan foydalanadilar. Ular natsistlar tasviridan foydalanishni, svastikaning asli osiyoliklardan kelib chiqishi sabbali deya koʻrsatadilar[11].
Katta Ogʻa guruh jinoyatchilikni targʻib qilmasligini va „jinoyat unsurlarini“ oʻz aʼzolaridan chiqarib yuborishini, shuningdek, barcha aʼzolardan yaxshi maʼlumotga ega boʻlish talab qilinishini maʼlum qilgan. Guruh rahbarlaridan biri interyer dizayneri. Uning taʼkidlashicha, guruh Moʻgʻulistondagi boshqa oʻta millatchi guruhlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi[12].
Guruh aʼzolari oʻzlarining Xitoyga qarshi haddan tashqari salbiy qarashlari va irqlararo nikohga qarshiligi bilan ajralib turadi. Guruh izdoshlaridan biri shunday fikr bildirgan: „Biz millat sifatida qonimiz pok ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Bu bizning mustaqilligimiz nishonasidir… Agar biz xitoyliklar bilan aralasha boshlasak, ular bizni asta-sekin yutib yuborishadi. Moʻgʻuliston jamiyati unchalik boy emas. Chet elliklar juda koʻp pul bilan kelishadi va bizning ayollarimizni olib ketishlari mumkin.“ Guruh irqlararo juftliklar, muhojirlar, fohishalar va LGBT hamjamiyatilariga qarshi ish qilishda, shu jumladan zoʻravonlikni targʻib qilishda ayblangan[12][13][11][14]. Guruh xitoylik erkaklar bilan munosabatda boʻlgan ayollarni sochini olib tashlagan va baʼzan peshonasiga tatuirovka chizdirgan[6].
Sagaan xas kabi guruhlarning Moʻgʻulistondagi xitoyliklarga nisbatan salbiy munosabati Sovet Ittifoqining Moʻgʻulistondan sodiqlikni mustahkamlash uchun, Xitoyni Moʻgʻulistonga tahdid solganlikda ayblash siyosati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[6]. Ushbu Xitoy-Sovet parchalanishi davrida Moʻgʻuliston Xalq Respublikasi Sovet Ittifoqini barcha masalalarda qatʼiy qoʻllab-quvvatlagan[15].
2013-yilda ular Moʻgʻulistonda kon qazilma ishlari natijasida yuzaga keladigan ifloslanishga qarshi kurashga eʼtiborni qaratishmoqchi boʻlishgan[9]. Guruh qazib olish ishlarida ishtirok etib, hujjatlarni koʻrishni talab qilgan. Baʼzida kon ishlarini boshqarish usullaridan norozi boʻlgan holda, ularni sabotaj qilgan. Altanxuumning soʻzlariga koʻra, guruh mahalliy hokimiyat xorijiy togʻ-kon kompaniyalariga nisbatan koʻrsata olmagan qarshiliklarini koʻrsatmoqchi boʻlgan [2][3]. Ular tuproqning ifloslanishini tekshirish uchun, kon ishlaridan tuproq namunalarini olishga urunishgan. Reuters agentligiga bergan intervyusida Altanxuum bu haqida shunday degan: „Bizning maqsadimiz xorijliklar bilan koʻchada kurashishdan, togʻ-kon kompaniyalariga qarshi kurashga oʻzgardi“[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Mongolskí neonacisti hajlujú proti Číne
- ↑ 2,0 2,1 Blanc, Sebastien. „Mongolia's 'eco-Nazis' target foreign miners“. Yahoo! News. Agence France-Presse (10-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Mongolia's 'eco-Nazis' target foreign miners“. The Korea Herald. Agence France-Presse (16-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
- ↑ „Mongoolse neonazi's: Van China-haters tot milieufanatici - Foto - VK“. 2013-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyul 2013-yil.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Barria, Carlos. „Mongolia neo-Nazis announce a change of tack - pollution control“. Reuters (2-iyun 2013-yil). Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 Fenbo, Wang; Giang, Chi Viet. „Mongolian Nazis provoke Chinese resentment“. Deutsche Welle (15-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
- ↑ Ghosh, Palash. „Even Mongolia Has Neo-Nazis“. International Business Times (26-may 2011-yil). Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
- ↑ Hogg, Chris. „Discontent fuels Mongolia's far-right groups“. BBC News (6-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
- ↑ 9,0 9,1 A Mongolian Neo-Nazi Environmentalist Walks into a Lingerie Store in Ulan Bator, a photo-report by Reuters' Carlos Barria, July 6, 2013, The Atlantic
- ↑ Spoor, Max (1996). „Mongolia: Agrarian Crisis in the Transition to a Market Economy“. Europe-Asia Studies. 48-jild, № 4. 615–628-bet. doi:10.1080/09668139608412370. ISSN 0966-8136. JSTOR 153138.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 Aldama, Zigor. „Nazis en Mongolia: los hijos de Gengis Khan que admiran a Franco“ (ispancha). El Confidencial (26-fevral 2020-yil). Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
- ↑ 12,0 12,1 Branigan. „Mongolian neo-Nazis: Anti-Chinese sentiment fuels rise of ultra-nationalism“. The Guardian (2-avgust 2010-yil). Qaraldi: 22-avgust 2010-yil.
- ↑ Gunasingham, Amresh; Ong, Kyler. „Why Asia may not be immune to far-right terrorism“. CNA (TV network) (27-fevral 2020-yil). 2021-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
- ↑ Koch. „Working with the LGBT community in Mongolia“. American Psychological Association (2016-yil mart). — „Further, Neo-nazi groups such as the Tsagaan Khas (“white swastika”) emerged that target foreigners, inter-racial couples and LGBT persons...“. Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
- ↑ Rupen, Robert A. (1963). „Mongolia in the Sino-Soviet Dispute“. The China Quarterly. 16-jild, № 16. 75–85-bet. doi:10.1017/S0305741000021512. ISSN 0305-7410. JSTOR 651573.