Tsoy Bon So
Tsoy Bon So, shuningdek, Tsoy Bonso, Tsoy Bon-So (1912-yil 25-aprel, Ansan, Koreya – 1964-yil 20-may, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, Oʻrta Chirchiq tumani[1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozining agronomi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[2][3].
Tsoy Bon So | |
---|---|
Tavalludi |
25-aprel 1912-yil Ansan, Koreya |
Vafoti |
20-may 1964-yil (52 yoshda) Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirTsoy Bon So 1912-yilda Koreyaning Ansan shahrida tugʻilgan. 1920-yillarda uning oilasi Rossiyaning Uzoq Sharq hududiga koʻchib oʻtdi. U oilasi bilan Nikolsk-Ussuriysk tumanidagi Pansendon qishlogʻida yashagan. 1931-yildan Mixaylovskiy tumani, Lyalichi qishlogʻidagi oʻrta maktab oʻqituvchisi boʻlgan. 1936-yilda Vladivostok pedagogika ishchilari fakultetiga oʻqishga kirdi. 1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan (1937—1938). Oʻsha kolxozda oʻrta maktabning 10-sinfini tugatib, Toshkent oʻqituvchilar institutiga oʻqishga kirdi. Keyin „Polyarnaya zvezda“ kolxoziga qaytib, paxtachilik brigadasi, uchastka boshligʻi (1942—1956) boʻlib ishladi. 1948-yilgi mehnat yutuqlari uchun u 1949-yilda Lenin ordeni bilan taqdirlangan.
1950-yilda Tsoy Bon So brigadasi 42,7 gektar maydondan oʻrtacha 50 sentner paxta xomashyosi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 7-maydagi farmoni bilan u Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Tsoy Bon So 1959-yilda Toshkent viloyati, Orjonikidze tumani, Yalangach qishlogʻidagi buxgalteriya texnikumini tamomlagan. 1959-yildan Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozi rahbari boʻlgan. 1961-yilda u KPSS aʼzoligiga qabul qilindi.
1964-yil may oyida vafot etdi. Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozining qabristoniga dafn etilgan.
Adabiyotlar
tahrir- Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
- З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
- Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
- Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
- Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
tahrir- ↑ „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 22-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Герой Социалистического Труда Цой Бонсо“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 22-noyabr 2023-yil.
- ↑ Герман Ким (ВЭКС) Герой Социалистического труда Цой Бон Со YouTubeda