Tula viloyatiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat, Rossiya Yevropa qismining markazida joylashgan. Maydoni 25,7 ming km². Aholisi 1675,7 ming kishi (2002), asosan, ruslar (95,4%), shuningdek, ukrain, belorus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 81,4%. Tarkibida 23 maʼmuriy tuman, 21 shahar va 49 shaharcha bor. Markazi – Tula shahri. Boshqa yirik shaharlari – Novomoskovsk, Uzlovaya.

Tula viloyati Oʻrta Rossiya kirlarining (bal. 293 m gacha) shimolida joylashgan. Yer yuzasi qiya toʻlqinsimon tekislik. Qoʻngʻir kumir, temir ruda, oltingugurt kolchedani, gips, tosh tuzi, fosforitlar, qurilish materiallari konlari mavjud; mineral buloqlar bor.

Iqlimi mo'tadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 10°, iyulniki 19°. Yiliga 500 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 180–190 kun. Daryolarining koʻp qismi Oka havzasiga (Zusha, Ista, Upa, Cherepet, Osyotr va boshqalar) mansub. Don daryosining yuqori oqimi viloyat hududidan oʻtadi. Tula viloyati keng bargli oʻrmon va oʻrmondasht zonasida joylashgan. Tuproqlari shimoli-gʻarbida chimlipodzol, markaziy qismida boʻz oʻrmon, janubida aynigan qoratuproqlar. Oʻrmonlari (asosan, dub, qaragʻay) hududining yarmiga yaqinini egallaydi. Shimolida 20%, janubdagi 70% gacha yerlari haydaladi. Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (Tula viloyatida Rossiya koʻprik kranlarining 37% hamda sanoat jihozlari, qishloq xoʻjaligi. mashinalari, mudofaa maxsuloti, mototsikl va motorollerlar va boshqa ishlab chiqariladi), elektroenergetika, kimyo (mineral oʻgʻitlar, sintetik kauchuk, kimyo tolasi), kora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoatlari; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qoʻngʻir kumir qazib olinadi ("Tulaugol" ishlab chiqarish. birlashmasi). 3 issiqlik elektr styasi ishlab turibdi.

Xalq badiiy hunarmandchiligi: badiiy toʻr toʻqish (Belev shahri) va loydan naqshinkor oʻyinchoqlar yasash (Filimonovo qishlogʻi) rivojlangan.

Yirik korxonalari: "Kombaynoviy zavod", "Tulamashzavod", "Kran" (Uzlovaya), "Azot" (Novomoskovsk), "Ximvolokno" (Shchyokino), "Tulachermet" aksiyadorlik jamiyatlari, "Shtamp" mashinasozlik zavodi, patron zavodi (Tula), sintetik kauchuk zavodi (Yefremov). Asosiy sanoat markazlari – Tula, Novomoskovsk, Shchyokino, Uzlovaya, Yefremov, Donskoy shaharlari.

Qishloq xoʻjaligi gʻallachilikchorvachilik yoʻnalishda. Sutgoʻsht chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik rivojlangan. Gʻalla (bugʻdoy, grechixa, javdar) ekiladi, shuningdek, ozuqa ekinlari, qand lavlagi, kartoshka yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik ham rivojlangan. Temir yoʻli uzunligi 1103 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uzunligi 5076 km. Viloyat hududida avtomobil yoʻllari zich. Oka daryosida kema qatnaydi (Aleksin shahridan). Viloyatda 49 sanatoriykurort muassasalari bor. Krainka balneobalchiq kurorti mashhur. Tula viloyatida Polenovo va Yasnaya Polyana muzey-usadbalari faoliyat koʻrsatadi. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 7 muzey, 4 teatr ishlab turibdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Tula viloyati" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil