Tulpor (qoʻshiq)
„Tulpor“ (Tulpor-tulpor deb ham nomlanadi) — oʻzbek xonandasi va aktori Doston Ubaydullayev ijro etgan qoʻshiq. Rejissor Temur-Malik Yunusov 1990-tilda suratga olgan Tangalik bolalar filmi uchun yozilgan. Oʻzbek tilidagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biri. „Tulpor“ qoʻshigʻini Mirxalil Mahmudov[manba kerak] shoir Usmon Azim[1] (film titrlarida Usmon Azimov deb yozilgan) yozgan sheʼrga bastalagan.
„Tulpor“ | |
---|---|
Doston Ubaydullayev qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 1990 |
Yozib olingan | 1990 |
Janr | pop musiqa |
Davomiyligi | 2:09 |
Matn muallif(lar)i | Usmon Azim |
Bastakor(lar) | Mirxalil Mahmudov[manba kerak] |
Qoʻshiq „Tangalik bolalar“ filmida ikki marta ishlatilgan: qoʻshiq ilk bor Doston (Doston Ubaydullayev) Zokir (Ibrohim Sayidahmadov) sheʼri gazetada chop etilganidan xabar topib, ushbu xushxabarni unga yetkazish uchun yugurib joʻnaganida yangraydi. Shuningdek, film oʻz yakuniga yetib titrlar chiqa boshlaganda qoʻshiq yana bir bor ishlatilgan. „Tulpor“ qoʻshigʻi filmda yangrashi ortidan keng miqyosda shuhrat qozongan.[2]
Qoʻshiq Ubaydullayev repertuaridagi eng taniqli tarona boʻlib, xonanda uni tez-tez ijro qilib turadi. Qoʻshiqni Ubaydullayev har xil talqinda hamda „Bojalar“ guruhi bilan hamkorlikda kuylagan. Qoʻshiq Oʻzbekistonda bogʻcha yoshidagi bolalar eng koʻp oʻrganadigan oʻzbekcha taronalarning biridir.
Manbalar
tahrir- ↑ „Tangalik bolalar (o'zbek film)“. YouTube (20-avgust 2018-yil). Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ўсмирлар ҳақида 7 ўзбек фильми“. Kino sanʼati (10-mart 2021-yil). Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.