Tuman ogʻo begim (1366?) — Amir Temurning suyukli xotinlaridan biri. Saroymulkxonimnint akasi amir Musoning Orzumulk ogʻodan tugʻilgan qizi. 1378 y. da 12 yoshida Amir Temurga nikoh qilingan. Tuman ogʻo begimb. husnda benazir boʻlgan. Amir Temur ushbu zavjasini behad hurmat qilgan va uning sharafiga Samarqandda maxsus „Bogʻi behisht“ ni barpo etgan. Amir Temurning bir qator yurishlarida Tuman ogʻo begimb. Saroymulkxonim va boshqa malikalar qatori oʻgʻruq (oboz)da yurgan. Sohibqiron vafotidan soʻng taxtni qoʻlga kiritgan Xalil Sulpgon 1406 yilda amir Shayx Nuriddin bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchrab, sulhga muvofiq Tuman ogʻo begimb. ni amir Shayx Nuriddinga xotinlikka berishdan oʻzga chora topolmaydi. 1411 yilda amir Shayx Nuriddin amir Shohmalik koʻrsatmasiga binoan oʻldirilgach, Tuman ogʻo begimb. ni Hirotga joʻnatishadi.

Tuman ogʻo begimb.ning Amir Temurdan farzand koʻrgan yoki koʻrmaganligi xususida manbalarda maʼlumot uchramaydi.

Adabiyot

tahrir
  • Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1966; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.