Tuproq bonitirovkasi - yer uchastkasida tarqalgan unumli tuproq qatlamining fiziologik hamda ximiyaviy tarkibini, tuproq turi va holati, iqlim sharoiti va yer osti suvlarini joylashishi kabi bir qator omillarni o'zida jamlaydigan jarayondir. Tuproq bonitirovkasi (lot. bonitas — sifatlilik) — tuproq unumdorligini qiyosiy baholash. Tuproq bonitirovkasi 100 ballik shkala boʻyicha ifodalanadi. Tuproq bonitirovkasining asosiy maqsadi tuproqlarni unumdorligiga karab tasniflahdir. Tuproq bonitirovkasi tuproq unumdorligini xarakterlovchi tabiiy, yaʼni qishloq xoʻjaligi. ekinlari hosildorligi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Shuningdek, Tuproq bonitirovkasida dalaning oʻlchami, geometrik shakli, nishabligi, iqlim sharoiti va boshqa ham hisobga olinadi. Tuproq bonitirovkasi yerni iqtisodiy baholash, yer kadastrini yuritish, melioratsiya hamda dehqonchilik sistemasini takomillashtirish va boshqa uchun zarur.

Tabiiy xossalari ekinining eng yuqori hosildorligini taʼminlaydigan tuproqlar aʼlo baholanadi. Bunda sugʻoriladigan yerlarda tuproqning madaniylik darajasi, qadimdan sugʻorib kelinganligi, genetik tipi baho mezonlari hisoblanadi. Tuproklarning dehqonchilik uchun noqulay xususiyatlari (shoʻrlanish, eroziya darajasi, botqoqlanish va boshqalar) bonitirovka koeffitsiyentini pasaytiradi. Mas., kam shoʻrlangan tuproklar — 0,75, oʻrtacha shoʻrlanganlari — 0,70, kuchli shoʻrlanganlar — 0,60 koeffitsiyentga ega. Ekstensiv dehqonchilik sistemasida, mas., lalmikor gʻallachilikda oddiy agrotexnika, mineral oʻgʻitlarni chegaralangan miqdorda qoʻllash tufayli ekinlarning xreildorligi Tuproq bonitirovkasining integral ifodasi hisoblanadi.

Adabiyot

tahrir
  • Konobeyeva G.M., Pochvi Uzbekistana, ix rayonirovaniye i kachestvennaya otsenka, T., 1985.