Turob Toʻla (taxallusi; familiyasi Toʻlaxoʻjayev, 1918.24.12, hozirgi Janubiy Qozogʻistonning Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlogʻi — 1990.20.04, Toshkent) — shoir, dramaturg va kinodramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri (1988). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967).

Turob Toʻlaxoʻjaevich Toʻla
Tavalludi 24-dekabr 1918-yil
Turbat qishlogʻi, Chimkent viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1990-yil 20-aprel
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Taxallusi Turob Toʻla
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Taʼlim

tahrir

Toshkent teatr bilim yurtida (1934— 38), Toshkent pedagogika institutining til va adabiyot fakultetining kechki bo‘limida (1938—41) oʻqigan.

Mehnat faoliyati

tahrir

„Yosh leninchi“ gaz.da adabiy xodim (1935— 41), Oʻzbekiston Davlat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va suxandon (1935—48), „Qizil Oʻzbekiston“ gaz. tahririyatida adabiy kotib (1948—49), partiya idoralarida instruktor (1949—51), Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir (1953— 57), „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ssenariy boʻlimi boshligʻi (1957 — 62), Kinochilar uyushmasida kotib (1962-67), Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida boshliq (1967-76), Hamza teatrida direktor (1977-79), Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimi va Adabiyotni targʻib etish markazida rahbar (1980—90) lavozimlarida ishlagan.

Dastlabki „Sheʼrlar“ toʻplami 1939-yilda nashr etilgan. Shundan keyin shoirning „Shodligim“ (1941), „Tabassum“ (1944), „Baxt tongotari“ (1948), „Muborakbod“ (1949), „Bolalar dostoni“ (1950), „Qanotlan, qoʻshiqlarim“ (1955), „Tanlangan asarlar“ (1958), „Oromijon“ (1961), „Gulyor“ (1968), „Oftob nayzada“ (1974) singari sheʼr, qoʻshiq va dostonlardan iborat toʻplamlari eʼlon qilingan.

Turob Toʻla 15-16 yoshlaridan ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana boshlagan. U she'r va dostonlar, opera va balet uchun librettolar, turli nasriy asarlar yozish bilan birga o'zbek qo‘shiqchilik san'ati rivojiga ham salmoqli hissa qo'shdi. Uning "Hayo bilan“, „Sumbula“, „Koʻchalar“, „Doʻppi tikdim“ (Maftuningman filmida Klara Jalilova tomonidan qoʻshiq qilib kuylangan), „Sartarosh qoʻshigʻi“ kabi she'rlari qo‘shiq qilib kuylangan.

Turob Toʻla „Hamiyat“ (1948), „Shahlo“, „Zamon hukmi“ (1968), „Suyuk momo“ (1975), „Tramvayda topilgan daftar“ (1978) singari dostonlarida mehnatsevar zamondoshlari hayotiga murojaat etish bilan birga tarixiy oʻtmish sahifalarini ham varaqlash va moziyda roʻy bergan muhim voqealarga hozirgi davr nigohi bilan qarashga intilgan.

„Qizbuloq“ (1968), "Momo yer", „Quvvai qahqaha“ ("Nodirbegim") (1969) va boshqa pyesalar yozgan. 1969— 70 yillarda F. Shillerning „Mariya Styuart“ tragediyasini oʻzbek tiliga tarjima qilgach, mashhur oʻzbek shoirasining fojiali hayotiga bagʻishlangan „Quvvai qahqaha“ dramasini qayta ishlab, uni „Nodirabegim“ nomi bilan sahnaga olib chiqqan (Hamza, Muqimiy va boshqa teatrlarda qoʻyilgan). Turob Toʻla ayni paytda oʻzbek va qardosh xalqlar adabiyotidagi sara asarlarning sahna variantini yaratish maqsadida Ch. Aytmatovning „Momo yer“ qissasi asosida shu nomdagi musiqali drama, Oybekning „Qutlugʻ qon“ romani asosida „Zulmatdan ziyo“ opera librettosini, Hamid Olimjonning „Oygul va Baxtiyor“ dostoni asosida shu nomdagi sheʼriy drama (1979)ni, „Malikai ayyor“ oʻzbek xalq dostoni asosida shu nomdagi opera librettosi (1987)ni yaratgan. Gʻ.Zafariyning 20-yillarda respublika teatrlari sahnalarida katta muvaffaqiyat bilan oʻynalgan „Xalima“ musiqali dramasini qayta tiklab, Muqimiy teatrida sahnalashtirgan. Bulardan tashqari oʻzbek xalq ertaklari asosida yaratilgan „Samarqand afsonasi“ baleti librettosi ham bor. „Maftuningman“ (1958), „Furqat“ (M. Melkumov bilan hamkorlikda, 1960) kinofilmlari va „Shashmaqom“ videofilmi ssenariysi muallifi va bu filmlarning suratga olinishida faol ishtirok etgan. Turob Toʻla oʻziga zamondosh boʻlgan oʻzbek adabiyoti va sanʼati arboblari haqida qator adabiy portret, ocherk va xotiralar yozgan („Nafosat“, 1967; „Kamalak“ 1972).

Tarjima

tahrir

U Shekspirning „Qiyiq qizning quyilishi“ komediyasini, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A. Nekrasov, T. Shevchenko, A. Tuqay, S. Muqonov asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Manbalar

tahrir
  • Asarlar [3 j.li], 1—3j.lar,T., 1978— 80;
  • Yetti zogʻora, T., 1981.

Adabiyot

tahrir
  • Aliyev M., Turob Tula, T., 1969;
  • Moʻminova D., Davrimiz qoʻshiqlari, T., 1977.