Tursunoy Oxunova
Tursunoy Oxunova (20-may 1937-yil, Eski Toshkent qishlogʻi, Chinoz tumani — 21-sentyabr 1983-yil) — oʻzbek xotin-qizlari orasida paxta terish texnikasini oʻzlashtirish harakati tashabbuskori, 2-marta Mehnat Qahramoni (1959, 1978), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi mexanizatori (1967).
Tursunoy Oxunova | |
---|---|
Tavalludi |
20-may 1937-yil |
Vafoti |
21-sentyabr 1983-yil (46 yoshda) Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari | Sotsialistik Mehnat Qahramoni (2) |
Qishloq xoʻjaligi mexanizatorlari kursini bitirgandan keyin slesar, Paxta MTSda mexanizator (1954—60), 1960-yildan Chinoz tumanidagi Kirov nomidagi jamoa xoʻjaligi (hozirgi T. Oxunova nomidagi shirkat xoʻjaligi)da paxta terish mashinasi mexanik haydovchisi, kompleks mexanizatsiyalashgan paxtachilik brigada boshligʻi boʻlib ishladi. Oxunova boshliq brigada paxta yetishtirishning ilgʻor usullarini qoʻllab katta yutuqlarga erishdi. Shuningdek, u 2 qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashi-nasi konstruksiyasini takomillash-tirishda va qishloq xoʻjaligi ga joriy etishda ishtirok etdi. 60—70-yillarda Oxunova tashabbusidan davlatning rasmiy targʻi-bottashviqot ishlarida keng foydala-niddi. Oxunova brigadasi bazasida „ilgʻor tajriba maktabi“, xotin-qizlar uchun mexanizatorlik hunar-texnika bilim yurti tashkil etildi, tursunoychilar harakati paxta yetishtiruvchi boshqarespublikalarga ham keng yoyildi. Lekin, dalalarning ekologik muhiti va mexanizatsiyalash ishlaridagi zoʻriqishlar ayollar organizmida zararli asoratlar qoldirishi natijasida keyinchalik xotin-qizlarning paxta terish mashinalarida ishlashiga barham berildi.
Chinoz tumanidagi Eski Toshkent qishlogʻida Oxunovaning byusti oʻrnatilgan, muzeyi bor, oʻrta maktab va mahalla uning nomi bilan ataladi[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- „Sovet Oʻzbekistoni“ 22-fevral 1962-yil
- „Sovet Oʻzbekistoni“ 6-avgust 1964-yil
- http://press.natlib.uz/ru/editions/77011
- http://press.natlib.uz/ru/editions/72692
- Tursunoy Oxunovaga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |