Tursunoy Rahimova
Tursunoy Rahimova (1997-yil 5-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik bokschi, oʻta yengil vazn egasi. 2020-yil Osiyo va Okeaniya uchun Tokio—2020 Olimpiadasi litsenziyasini beruvchi turirda Olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritgan. 2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
Tursunoy Rahimova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
5-iyun 1997-yil Toshkent viloyati |
Faoliyat yillari | 2018 – hozirgacha |
Boʻyi | 167 sm |
Vazni | 52 kg |
Sport | |
Qaysi sport | boks |
Faoliyati
tahrirTursunoy Rahimova 2016-yil Ulan-Batorda oʻtkazilgan Chinggis Khan Cup xalqaro boks turnirida 51 kilogrammgacha vazn toifasida ringga tushib oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. 2018-yil Qirgʻizistonda oʻtkazilgan xalqaro turnirda bronza medali bilan taqdirlangan[2]. 2019-yil Rossiyaning Ulan-ude shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatining birinchi raundida marokashlik Yasmin Muttaki ustidan gʻalaba qozongan ammo keyingi bosqichda xitoylik Say Szunsyuyga 1:4 hisobida yutqizib qoʻyadi. 2020-yil Iordaniyaning Ammon shahrida oʻtkazilgan turnirda Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashish litsenziyasini qoʻlga kiritgan[3][4].
Tokio 2020
tahrirTursunoy Rahimova 51 kg vazn toifasida Tokio olimpiadasidagi boks bahslarining birinchi bosqichida ishtirok etib, polshalik Sandra Drabik ustidan 4:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Shuning bilan u Olimpiadada gʻalaba qozongan ilk oʻzbekistonlik bokschi qiz boʻldi[5]. Olimpiadadagi boks bahslarining ikkinchi bosqichida turkiyalik Buse Naz Çakıroğluga qarshi ringga chiqib magʻlubiyatga uchradi[6].
Unvon va mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Узбекские боксеры завоевали 11 наград на турнире в Монголии“ (ru). uztag.info. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
- ↑ „Боксеры Узбекистана завоевали 13 наград в Кыргызстане“ (ru). uztag.info. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
- ↑ „Tursunoy Rahimova Tokio-2020 licenziyasini qo'lga kiritdi“ (oz). Olamsport.com. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
- ↑ „Поздравляем Турсуной Рахимову и Шерзода Мамутова!“. weightlifting.uz. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
- ↑ „Токио-2020. Турсуной Раҳимова бокс баҳсларида ғалабани қўлга киритди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 25 июль.
- ↑ „Токио-2020. Турсуной Раҳимова иккинчи жангини ўтказди“. Bugun.uz. 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 29 июль.
- ↑ „Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.