Tursunposhsha Nurmetova
Tursunpashsha Baxramovna Nurmetova (1996-yil 17-yanvar, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston) — o‘zbekistonlik paralimpiya dzyudochisi, 63 va 70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etadi. 2016-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori, Osiyo chempionati g‘olibi va jahon chempionati bosqichi sovrindori.
Tursunpashsha Baxramovna Nurmetova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
17-yanvar 1996-yil Xorazm viloyati, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | dzyudo |
Medallar | |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
Oltin | Toshkent 2017 | 63kg gacha |
Butunjahon o‘yinlari | ||
Bronza | Seul 2015 | 63kg gacha |
Paralimpiya oʻyinlari | ||
Bronza | Rio-de-Janeyro 2016 | 63kg gacha |
Sport faoliyati
tahrir2011-yilda u Kiyevda (Ukraina) bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan, biroq u yerda medal sohibasi bo‘la olmagan. 2012-yilda u dzyudo bo‘yicha mamlakat chempionatida beshinchi o‘rinni egalladi. Ammo O‘zbekiston kubogida o‘z vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 2013-yilda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bronza medalini, kelasi yili esa Tursunposhsha mamlakat chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
2015-yilda Eger shahrida (Vengriya) ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha jahon kubogi bosqichida 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. O‘sha yili Seuldagi (Koreya Respublikasi) ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi Butunjahon o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha 63 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida bronza medalini olishga muvaffaq bo‘ladi[1].
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) o‘tkazilgan Yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 63 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida u bronza uchun kurashda shved dzyudochisi Nikolina Pernxaymni mag‘lub etib, bronza medaliga egalik qildi[2][3]. Ushbu joriy yilda Nurmetova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “Jasorat” medali bilan taqdirlandi[4] .
2017-yili Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida u finalda koreyalik dzyudochi Jin Song Lini ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritadi [5] .
Manbalar
tahrir- ↑ „JudoInside - IBSA World Games Seoul Event“. www.judoinside.com. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
- ↑ „Архивированная копия“. 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
- ↑ „Uzbekistan takes it all, stunning judo results at Paralympics“ (en). www.judoinside.com. 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
- ↑ „ УП-4846-сон 22.09.2016. О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XV летних Паралимпийских играх в городе Рио-де-Жанейро“. lex.uz. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „JudoInside - IBSA Asian Championships Tashkent Event“. www.judoinside.com. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.