Uels ayollar milliy futbol terma jamoasi
Uels ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Uels sharafini himoya qiladi. Uels ayollar milliy futbol terma jamoasi hali biron marta ham FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok eta olmagan boʻlishiga qaramay, hozirda FIFA jahon reytingida dunyoda 31-oʻrinda[1] va UEFA Yevropa reytingi boʻyicha esa Yevropada 20-oʻrinda[2] turishadi.
|
Uels ayollar milliy futbol terma jamoasini Uels futbol assotsiatsiyasi boshqaradi. Dunyo boʻyicha koʻpgina milliy futbol terma jamoalari, asosan, suveren davlatni ifodalashsa ham, Buyuk Britaniyaning Hamdoʻstlik Millatlari aʼzosi boʻlgan Uels hududiga, FIFA nizomiga koʻra, barcha yirik turnirlarda qatnashadigan oʻz milliy jamoasini tuzish va saqlab qolish huquqi berilgan. Lekin FIFA Uels ayollar milliy futbol terma jamoasiga Ayollar Olimpiya futbol oʻyinlarida qatnashish vakolatini bermagan. Uels ayollar milliy futbol terma jamoasiga hozirda Gemma Greynger bosh murabbiylik qilmoqda.
Uels ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro oʻyinlarda asosan oq va qizil ranglardan iborat sport futbolkalarida maydonga tushishadi. Uels ayollar milliy futbol terma jamoasining shu vaqtga qadar erishgan eng yaxshi natijalaridan biri Algarve kubogi 2011-yil va 2012-yilgi turnirida musobaqaning kuchli sakkistalik jamoalari safiga kirganligi boʻlgan.
Murabbiylar shtabi
tahrirHozirgi murabbiylar shtabi
tahrir- 2021-yil 24-may holatiga ko`ra[3]
Lavozim | Ismi |
---|---|
Menejer | Gemma Greynger |
Yordamchi murabbiy | Loren Dykes |
Yordamchi murabbiy | Richard Tomas |
Darvozabonlar murabbiyi | Jen Herst |
Jismoniy koʻrsatkichlar boʻlimi boshligʻi | Luke Taylor |
Bosh murabbiylar tarixi
tahrir- Sylvia Gore (1979-1989)[4]
- Sue Lopez (1995-1996)
- Roy Thomas (1996-2000)[5][6]
- Sian Williams (2000-2003)
- Andy Beattie (2003-2007)
- Adrian Tucker (2007-2010)[7]
- Jarmo Matikainen (2010-2014)[8][9]
- Jayne Ludlow (2014-2021)[10][11]
- Gemma Greynger (2021-)[12]
Oʻyinchilar
tahrirHozirgi tarkib
tahrirQuyidagi 26 nafar futbolchi 2023-yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida oʻtkazilgan Gretsiya milliy ayollar terma jamoasi va Sloveniya ayollar milliy terma jamoasiga qarshi o‘yin uchun Uels ayollar milliy futbol terma jamoasi qaydnomasiga kiritilgan. Gollar va oʻtkazilgan oʻyinlar statistikasi 2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra berilgan.
Jamoa kapitanlari
tahrir- Jayne Ludlow (−2012)
- Jess Fishlock (2012-2015) [13]
- Sophie Ingle (2015-)
Jamoaning ichki rekordlari
tahrirQalin harflar bilan yozilgan o‘yinchilar hozirda ham oʻz futbolchilik faoliyatini amalga oshirmoqda. Gollar va oʻtkazilgan oʻyinlar statistikasi 2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra berilgan.
Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar roʻyxati
tahrir# | Futbolchi | Faoliyat yillari | Oʻtkazgan oʻyinlar |
---|---|---|---|
1 | Jess Fishlock | 2006-hozirga qadar | 134 |
2 | Sophie Ingle | 2009-hozirga qadar | 120 |
3 | Loren Dykes | 2007-2021[14] | 105 |
4 | Tash Harding | 2008-hozirga qadar | 103 |
5 | Helen Ward | 2008-hozirga qadar | 102 |
4 | Angharad James | 2011-hozirga qadar | 100 |
Eng yaxshi toʻpurar
tahrir# | Futbolchi | Faoliyat yillari | Gollar | Oʻtkazgan oʻyinlar |
---|---|---|---|---|
1 | Helen Ward | 2008-hozirga qadar | 44 | 102 |
Jamoaning xalqaro musobaqalardagi natijalari
tahrirFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
tahrirFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Uels ayollar terma jamoasining natijasi | Saralash oʻyinlarida Uels ayollar terma jamoasining natijasi | |||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar farqi | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar farqi | |||
1991-yil | Kiritilmadi | UEFA EURO 1991 | ||||||||||||||||
1995-yil | Saralashdan oʻtmagan | UEFA EURO 1995 | ||||||||||||||||
1999-yil | 6 | 0 | 2 | 4 | 7 | 21 | −14 | |||||||||||
2003-yil | 6 | 0 | 1 | 5 | 2 | 13 | −11 | |||||||||||
2007-yil | 6 | 4 | 2 | 0 | 17 | 2 | +15 | |||||||||||
2011-yil | 8 | 3 | 0 | 5 | 23 | 16 | +7 | |||||||||||
2015-yil | 10 | 6 | 1 | 3 | 18 | 9 | +9 | |||||||||||
2019 | 8 | 5 | 2 | 1 | 7 | 4 | +3 | |||||||||||
2023-yil | Aniqlanishi uchun | Aniqlanishi uchun | ||||||||||||||||
Jami | 0/9 | - | - | - | - | - | - | - | 44 | 18 | 8 | 18 | 74 | 65 | +9 |
UEFA ayollar chempionati
tahrirUEFA ayollar chempionatida Uels ayollar terma jamoasining natijasi | Saralash oʻyinlarida Uels ayollar terma jamoasining natijasi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | |
1984-yil | Kiritilmadi | Kiritilmadi | ||||||||||||
1987-yil | ||||||||||||||
1989-yil | ||||||||||||||
1991-yil | ||||||||||||||
1993-yil | ||||||||||||||
1995-yil | Saralashdan oʻta olmadi | 6 | 0 | 0 | 6 | 5 | 36 | |||||||
1997-yil | 8 | 2 | 1 | 5 | 9 | 15 | ||||||||
2001-yil | 6 | 0 | 2 | 4 | 3 | 16 | ||||||||
2005-yil | Chiqib ketdi | Chiqib ketdi | ||||||||||||
2009-yil | Saralashdan oʻta olmadi | 11 | 3 | 0 | 8 | 11 | 21 | |||||||
2013-yil | 8 | 3 | 1 | 4 | 12 | 14 | ||||||||
2017-yil | 8 | 3 | 2 | 3 | 13 | 11 | ||||||||
2022 | 8 | 4 | 2 | 2 | 16 | 4 | ||||||||
Jami | 0/13 | - | - | - | - | - | - | 55 | 15 | 8 | 32 | 69 | 117 |
Ayollar futboli boʻyicha Yevropa musobaqasi (norasmiy)
tahrir1979-yil: Guruh bosqichi[15]
Algarve kubogi
tahrirAlgarve kubogi — Portugaliya Futbol Federatsiyasi (FPF) tomonidan oʻtkaziladigan ayollar futboli boʻyicha milliy terma jamoalar uchun xalqaro turnir 1994-yildan beri har yili Portugaliyaning Algarve shahrida o‘tkaziladigan ushbu turnir FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati va Ayollar olimpiya futboli bilan bir qatorda ayollar futboli bo‘yicha eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „FIFA/Coca-Cola Women's World Ranking“. FIFA. 2007-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
- ↑ „Wales“. FIFA. 2007-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
- ↑ „GRAINGER CONFIRMS COACHING STAFF“. FA Wales (2021-yil 24-may). Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ „'For Them' – Where 200 games began for Cymru women“. Football Association of Wales (2021-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
- ↑ „North Wales women's football greats: No 3 – Ceryl Tindall-Jones“ (2021-yil 8-fevral).
- ↑ „Internationale wedstrijden – KBVB“. static.belgianfootball.be.
- ↑ „Keeper coach Tucker joins Swans“. BBC Sport (2009-yil 15-iyul).
- ↑ Leighton, Tony. „New Wales coach Jarmo Matikainen sets sights on Euro 2013 qualification“. The Guardian (2010-yil 4-oktyabr).
- ↑ „Wales Women lose manager Jarmo Matikainen“. BBC Sport (2014-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
- ↑ „National Women's Teams Manager – Jayne Ludow“. Football Association of Wales (2014-yil 2-oktyabr).
- ↑ „Jayne Ludlow: Wales manager leaves role“. BBC Sport (2021-yil 18-yanvar).
- ↑ „Gemma Grainger: Wales appoint new manager to succeed Jayne Ludlow“. BBC Sport (2021-yil 19-mart).
- ↑ Pitman, Mark. „Ingle ready to lead Wales“. UEFA (2015-yil 20-fevral). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
- ↑ „LOREN DYKES RETIRES FROM PROFESSIONAL FOOTBALL“. FA Wales (2021-yil 8-fevral). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ Erik Garvin. „Inofficial European Women Championship 1979“. RSSSF. Qaraldi: 2009-yil 27-avgust.