Uygʻur tili, yangi uygʻur tili (Andoza:Lang-ug3) — turkiy tillardan biri. Asosan, XXRning Shinjon-Uygʻur muxtor rayonida, shuningdek, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston respublikalarida, Afgoniston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7,7 mln. (jumladan XXR da 7,5 mln.) kishidan ortiq. „Uygʻur“, „Uygʻur tili“ atamalari 1921-yilda yagona etnolingvistik jamoa uchun SE. Maloye tomonidan taklif etilgan (avvalgi nomlari: Gʻarbiy Xitoy Tatar tili, Xitoy musulmonlari tili, Gʻarbiy Xitoyning Turkiy lahjalari, Sharqiy Turkiston tili va boshqalar) Uygʻur tili kad. Uygur tilining davomchisi hisoblanmaydi.

Uygʻur tili
Milliy nomi ئۇيغۇرچە, Uyghurche, Уйғурчә
Mamlakatlar Xitoy Xalq Respublikasi XXR
Qozogʻiston Qozogʻiston
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Rasmiylik holati Uygʻuriston (Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni)
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni ~10 million
Turkumlanishi
Til oilasi Oltoy
Alifbosi arab, kiril, lotin
Til kodlari
ISO 639-1 ug
ISO 639-2 uig
ISO 639-3 uig

Uygʻur tili 3 lahjaga boʻlinadi: markaziy (İli, Turfon, Qashqar, Koʻmul, Urumchi, Karashar, Koʻchor, Qoʻrlin oqsu, Yorkand shevalaridan iborat) — hozirgi adabiy Uygʻur tiliga asos boʻlgan; sharqiy (lobnor) va jan. (xoʻtan). Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda yashovchi uygʻurlarning 2 lahjasi boʻlib, ularning nomlanishida (iliyettisuv, qashqarfargʻona) uygʻurlarning Gʻarbiy Xitoydan Yettisuv va Fargʻonaga koʻchib oʻtganliklari aks etgan.

Qadimgi uygʻur tili

Boshqa turkiy tillardan farqli ravishda Uygʻur tilida unlilar va undoshlarning regressiv assimilyatsiyasi (bashbeshi (boshboshi), tagtaqqa] mavjud; singarmonizm izchil emas: unlilarning lab va tanglay garmoniyasi buzilish hollari uchraydi; unlilar reduksiyasi (sinilsiqlim), undoshlarning tushib qolishi (odekordek, kesenchukelsan, chu), baʼzan oʻzak va qoʻshimcha oʻrtasida tovush orttirilishi (su—suyi (suv —suvi), toxu — toxurim (tovuq — tovugʻim) kuzatiladi.

Uygʻurlar 8-asrgacha qadimiy uygʻur yozuvidan, IIa. gacha sugʻd alifbosiga asoslangan yozuvdan, 11-asrdan eʼtiboran arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Sobiq SSSR hududida yashagan uygʻurlar 1930-yilgacha arab, 1930-1946-yillarda lotin grafikasi asosidagi yozuvdan; 1946-yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvdan unga uygʻur fonemalarini ifodalovchi qoʻshimcha harflar qoʻshgan holda foydalanadilar. XXR dagi uygʻurlar hozirgacha arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar (1960-1965-yillarda lotin grafikasi asosidagi yozuv ishlab chiqilib, 1965-1980-yillarda har ikkala alifbo parallel qoʻllangan, 1982-yildan yana arab grafikasining oʻzi qolgan).

Uygʻur tili — oltoy tillari oilasining turkiy tillar turumidagi qarluq guruhiga kiruvchi tildir. Oʻzbek tiliga eng yaqin til. Uygʻur tili Xitoyda, Qozogʻistonda Uygʻurlar koʻp istiqomat qiladigan joylariga qoʻllanadi. Xitoydagi uygʻurlar arab alifbosi asosida, Qozogʻistondagilar esa krilitsada yozishadi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir