Ukraina diplomatik xizmat xodimlari kuni
Diplomatik xizmat xodimlari kuni (ukraincha: День працівників дипломатичної служби) - Ukraina diplomatlari va diplomatik vakolatxonalari, elchixonalari va konsulliklari xodimlarining milliy kasb bayrami boʻlib, u Ukrainada har yili 22-dekabrda nishonlanadi[1].
"Diplomatik xizmat xodimlari kuni" Ukraina rasmiy taqvimida Ukrainaning uchinchi Prezidenti Viktor Andreyevich Yushchenko 2005-yil 21-noyabrda Kiyevda "Ukraina diplomatik xizmati xodimlarining tinchlikni saqlash hamda Ukraina va xalqaro hamjamiyat aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik, Ukraina milliy manfaatlarini va xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, chet elda Ukraina fuqarolari hamda yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi muhim rolini hisobga olgan holda" 1639/2005-sonli "Ukrainada professional bayram - har yili 22-dekabrda nishonlanadigan Diplomatik xizmat xodimlari kunini belgilash" toʻgʻrisida farmonni imzolaganidan keyin 2005-yilda paydo boʻldi[2].
Ushbu bayram sanasi davlat rahbari tomonidan tasodifan tanlanmagan. Aynan shu kuni, 1917-yil 22-dekabrda “ Ukraina Xalq Respublikasi hukumati buyrugʻi bilan “Xalqaro ishlar boʻyicha Bosh kotibiyat (Ukraina Tashqi ishlar vazirligining boshlanishi)” tashkil etilgan. Undan avvalroq "Xalqaro ishlar boʻyicha Bosh kotibiyatni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qonun tasdiqlangandi[3].
Diplomatik xizmat xodimlari kuni, yil kelishiga qarab, dam olish kuniga toʻgʻri kelmasa, Ukrainada dam olish kuni hisoblanmaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ День работников дипломатической службы Украины — 22 декабря. // calend.ru
- ↑ Про День працівників дипломатичної служби| від 21.11.2005 № 1639/2005 // rada.gov.ua
- ↑ День работников дипломатической службы Украины[sayt ishlamaydi] // barnaul-altai.ru