Ularlar
Ularlar, tog kurkalari (Tetroogallus) — qirgʻovullar oilasi urugʻi. Uzunligi 60 sm gacha. Oyoklari kuchli; narining oyogʻida kalta pixi bor. Yaxshi yuradi. Togʻ yon bagʻirlari yoki daralarda yuqoridan pastga keng qanotlarini yoyib (qoqmasdan) parvoz qiladi. 5 turi bor. Kavkaz U.i — Kavkaz togʻlarida; Kaspiy U.i — Zakavkazye va Kopetdogʻda; Himolay, yaʼni qora qorinli U. — Tyanshan va PomirOloyda, tibet U.i — Sharqiy Pomirda, oltoy U.i — Oltoy va Sayanda tarqalgan. Oʻrmon zonasining yuqori chegarasida uya quradi. Alp oʻtloqlarida oziqlanadi. Kishda qor kam tushgan togʻ yon bagʻirlariga koʻchib oʻtadi. 3 turi Rossiya va boshqa mamlakatlar Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |