Ulugʻbek Xoshimov
Ulugʻbek Xoshimov (2001-yil 3-yanvar) – oʻzbekistonlik futbolchi, Toshkentning „Paxtakor“ klubi va 23 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasida toʻp suradi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ulugʻbek Hoshimov | ||
Tavallud sanasi | 3-yanvar 2001-yil | ||
Tavallud joyi |
Toshkent viloyati Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 177 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paxtakor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019—2020 | Paxtakor | 2 | (0) |
2021—2023 | Neftchi | 65 | (6) |
2024 | Surxon | 11 | (1) |
2024— | Paxtakor | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2020—2024 | Oʻzbekiston U23 | 10 | (8) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirUlugʻbek faoliyatini „Paxtakor“ klubida boshlagan. 2019—2020-yilgi mavsumlarni Paxtakor jamoasi tarkibida oʻtkazgan. 2021-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi Hoshimovni 20 000 $ ga Paxtakor jamoasida xarid qildi[1][2]. 2023-yilgi mavsum yakunida „Neftchi“ jamoasi bilan shartnomasi yakunlandi va Termizning „Surxon“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[3].
Surxon jamoasida yarim mavsum davomida oʻynadi va 10 ta oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylandi. 2024-yil 17-iyulda „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan.
Xalqaro faoliyat
tahrir2022-yil Toshkentda oʻtkazilgan Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston Yoshlar jamoasi tarkibida 6 uchrashuvda 2 ta golk kiritib musoboqada kumush medallarni qoʻlga kiritdi[4]. 2023-yilgi futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari musoboqasida Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Yutuqlari
tahrir- Oʻzbekiston Superligasi: 2020 (1)
- Oʻzbekiston kubogi 2020 (1)
- Oʻzbekiston Pro-ligasi: 2021 (1)
Xalqaro
tahrir- AFC U-23 Osiyo chempionati 2022 2-oʻrin: 2022
- Osiyo oʻyinlari uchinchi oʻrn: 2023
Manbalar
tahrir- ↑ „Эшитдик-да! "Пахтакор" ҳужумчиси "Нефтчи"га трансфер қилинди. Фарғона клуби қанча пул тўлади?“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
- ↑ „"Neftchi" Hoshimov bilan shartnomani uzaytirdi“. 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
- ↑ „Расмий хабар. "Сурхон" клуби "Нефтчи"нинг 2 футболчисини ўз сафига қўшиб олди (Фото)“ (2023-yil 6-dekabr).
- ↑ „Улуғбек Хошимов: "Мағлубиятдан тўғри хулоса қиламиз ва янада кучлироқ бўлиб ҳаракат қиламиз"“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.