Ulugʻimsan Vatanim
„Ulugʻimsan Vatanim“ – Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub sheʼr[1].
„Ulugʻimsan Vatanim“ | |
---|---|
Sevara Nazarxon qoʻshigʻi | |
Janr | sheʼr |
Matn muallif(lar)i | Muhammad Yusuf |
Tarixi
tahrir2001-yil 31-avgust kuni „Ulugʻimsan Vatanim“ sheʼri Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi munosabati bilan xonanda Sevara Nazarxon tomonidan Mustaqillik maydonida ilk bor ijro etilgan.
Mazmuni
tahrirSheʼrning ilk bandida Sulton ham Vatan, shoh ham Vatan! Shoir Vatanga „Sen taxti Sulaymonim“ Sulaymon deya murojaat qiladi. Sheʼrning har bir bandi oxirida Vatanga beriladigan sifat („ulugʻimsan“, „iligʻimsan“, „qoʻrigʻimsan“, „choʻligʻimsan“, „urugʻimsan“, „dudugʻimsan“) kamida yuz yillik hodisalar natijasi, quvonch-u alamini ifoda etib keladi. Birgina bandda ifoda topgan maʼnolar koʻlamiga eʼtibor beraylik:
- Kim Qashqarni qildi makon,
- Kim Enasoy tomonda,
- Jaloliddin – Kurdistonda,
- Boburing – Hindistonda,
- Bu qanday yuz qarolik deb,
- Yotarlar zimistonda.
- Tarqab ketgan toʻqson olti
- Urugʻimsan, Vatanim…
Bandning dastlabki misrasida chor hukumati tomonidan yurtidan chiqib ketishga majbur qilingan, umrbod ortga qaytolmay, Qashqar tuprogʻida xoki qolgan shoir Furqat eslansa, ikkinchi misrada shoʻro davlati qatagʻoni qurboni boʻlgan, Sibir oʻrmonlarida daraxt kesib umri chirigan Usmon Nosir yodga olinadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Yusuf, Muhammad „tarjimayi hol“. english-life.uz. All Rights Reserved. Qaraldi: 12-oktabr 2024-yil.