Umr oʻtar

Omon Matjon sheʼri asosida Ortiq Otajonov ijro etgan ashula

Umr oʻtar“ — oʻzbek qoʻshiqchisi Ortiq Otajonov ijro etgan qoʻshiq. Ashula musiqasini Omon Matjon sheʼriga 1980-yilda Otajonovning oʻzi bastalagan. „Umr oʻtar“ Otajonov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri boʻlib, unga katta shuhrat olib kelgan. Bir necha qoʻshiqchi, jumladan Gʻulomjon Yoqubov „Umr oʻtar“ qoʻshig'i kaverini yozgan.

„Umr oʻtar“
Ortiq Otajonov qoʻshigʻi
Yozib olingan 1981
Janr anʼanaviy musiqa
Davomiyligi 7:43
Matn muallif(lar)i Omon Matjon
Bastakor(lar) Ortiq Otajonov

Otajonovning soʻzlariga koʻra, „Umr oʻtar“ qoʻshigʻi uchun asos boʻlgan sheʼrni ilk marotabada 1980-[1] yoki 1981-yil[2] Xorazmda qoʻshiqchi do'sti Otajon Xudoyshukurov boshqa kuy bilan ijro etganini eshitib qolgan. Soʻngra Toshkentda borib, shaxsan shoir Omon Matjon bilan uchrashib, sheʼr nusxasini olgan. Buning ortidan sheʼrni oldinroq yozgan kuyiga solgan. Otajonov qoʻshiqni ilk marotabada 1981-yildan 1982-yilga oʻtar kechasi televideniyeda ijro etgan[2]. Otajovning oʻzi qoʻshiq tarixini quyidagicha xotirlagan:

Man Xorazmda bir doʻstimning toʻyida rahmatli, oʻzimning doʻstim, mashhur hofiz Otajon Xudoyshukurov bilan ikkalamiz xizmatda boʻlib turgandik, Otajon turib, shu Omon Matjonning soʻzini choʻziq ohangda ijro qildi. Keyin oʻsha erda man bilan oʻtirgan doʻstlarimiz, shinavandalar: „Soʻz zoʻr ekanu, kuyi toʻgʻri kelmabdi“, deyishdi. Oddiy bir shinavanda sifatida shunday gapirib oʻtirishdi. Keyin man eshitib koʻrdim-da, Toshkentga qaytib kelib, shoir Omon Matchonning huzuriga borib: „Omon aka, shunday bir soʻzingiz bor ekan, manga shuni bersangiz“, dedim. Omon aka bilan oʻshanda birinchi marta uchrashishmiz edi, 1980-yilda. Keyin:"Ey, Ortiq, mayli uka, mani yoʻqlab kelibsan, shu soʻzimni emas, sanga biratoʻla kitobimni sovgʻa qilib bera qolay, ichidan balki boshqa soʻzlar ham chiqib qolar", deb shu kitobini manga sovgʻa qilgan. Uyga keldim. Yuragimda aylanib yurgan kuy bor edi, shu toʻgʻri keldi, shunga soldim va ashula qildim. 1981-yil, bir yildan keyin Yangi yil kechasi televideniyeda aytdim. Mana bugungacha ham xalqimiz soʻraydi, har xil qilib aytaveraman. Oʻzim aytib ham hech toʻymayman.[1]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-iyul, 2022-yil(2022-07-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.