Uygʻonish davri (Fabergé tuxumi)
Uygʻonish davri tuxumi — 1894-yilda rus zargari Peter Karl Fabergé rahbarligida Mixail Perxin tomonidan yasalgan gavharli agatli Pasxa tuxumi[1]. Uygʻonish davri tuxumi Fabergé ustaxonasida Rossiya imperatori Aleksandr III uchun maxsus buyurtma asosida tayyorlangan.Uygʻonish davri tuxumini Aleksandr III Pasxa kuni (Masihning tirilishini nishonlash kuni) da rafiqasi qirolicha Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilgan[2].
Uyg'onish davri Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1894 |
Mijoz | Aleksandr III |
Qabul qiluvchi | Mariya Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | Viktor Vekselberg kolleksiyasi |
Sotib olish yili | 2004 |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Mixail Perxin |
Foydalanilgan materiallar | gavhar,agat,marvarid,emal |
Boʻyi | - |
Oʻziga xos xususiyati | Taxminlarga ko'ra marvarid |
Uygʻonish davri tuxumi Aleksandr III tomonidan Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilingan oxirgi Fabergé tuxumi edi[3].
Oʻziga xos xususiyati
tahrirUygʻonish davri tuxumi ichidagi sovgʻa yoʻqolgan, ammo bu sovgʻa marvarid boʻlgan deb taxmin qilinadi[4]. Uygʻonish davri tuxumi haqidagi Christopher Forbes tomonidan ilgari surilgan yana bir nazariya mavjud.Bu nazariyada Christopher Forbes Uygʻonish davri tuxumi qobigʻining egriligiga juda mos keladigan va taglikdagi emalda oʻxshash bezaklarga ega boʻlgan Tirilish tuxumi bilan aslida bitta tuxumligi aytiladi. Tirilish tuxumi 1902-yilda Uygʻonish davri tuxumi kabi koʻrgazmada ham namoyish etilgan. Tirilish tuxumining inventar raqami yoʻq, bu esa Christopher Forbes nazariyasi foydasiga hal boʻlishiga bir asos hisoblanadi[5].
Tarixi
tahrirAleksandr III Uygʻonish davri tuxumi uchun 4750 rubl miqdorida pul sarflagan. Uygʻonish davri tuxumi 1917-yilda Rossiya Muvaqqat hukumati tomonidan musodara qilingan. Bu tuxum boshqa toʻqqizta tuxum bilan birga Armand Hammerga 1500 rublga sotilgan[6].1937-yilda Hammer Uygʻonish davri tuxumini sotish uchun eʼlon bergan va Uygʻonish davri tuxumi Henry Talbot DeVere Cliftonga sotilgan. Tuxum keyinchalik, 1949-yil noyabr oyida Jek va Belle Linskiyga sotilgan. Fabergé kolleksiyasini Metropoliten muzeyiga berishga urinib koʻrgan Linskiylar rad etildi, chunki muzey „Eduard dekorativ trivia“ ga qiziqmasligini aytdi[7].Shundan soʻng, tuxum Manhattan antiqa buyumlar sotuvchilari A La Vieille Russiega sotilgan va u yerdan 1965-yil 15-mayda oʻz kolleksiyasi uchun Malcolm Forbes tomonidan sotib olingan.Forbes kolleksiyasi 2004-yilda rossiyalik oligarx Viktor Vekselbergga sotilgan. Vekselberg toʻqqizta imperator tuxumini deyarli 100 million dollarga sotib olgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Faberge Treasures of Imperial Russia“. 2012-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl. 2016-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl. 2016-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl. 2016-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Faberge Treasures of Imperial Russia“. 2012-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Faberge Treasures of Imperial Russia“. 2012-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Matt & Andrej Koymasky - Fabergé Renaissance Egg“. andrejkoymasky.com. 2016-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
tahrir- "Uygʻonish davri"tuxumi haqida batafsil maqola, imperialtresuresofrussia.com saytidan