Uzbekistan Airports
„Uzbekistan Airports“ AJ (ruscha: AO „Аэропорты Узбекистана“, inglizcha: „Uzbekistan Airports“ JSC) – Oʻzbekiston Respublikasining barcha xalqaro aeroportlarining yagona boshqaruv organini boshqaruvchi tashkilot[1]. AJ boshqaruvdagi jamiyatlarda infratuzilma, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy jarayonlarni modernizatsiya qilish va optimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, aeroportlarni strategik rivojlantirishsiyosatini belgilaydi. 2024-yil 22-yanvar holatiga koʻra, „Uzbekistan Airports“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 7,792 trillion soʻmni tashkil etadi[2]. Jamiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, qonun va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi.
Turi | Aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Sanoat | Boshqaruv organ |
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 27-noyabr, 2018-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Sergeli tumani, Qumariq koʻchasi, 13-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Direktori | Umarxodjayev Javlonbek |
Ishchilar soni | 7203 |
Vebsayti | uzairports.com |
Til(lar)i | oʻzbek, rus, ingliz |
Tarixi
tahrir2018-yil 27-noyabrda „Uzbekistan Airports“ aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiing „Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-5584-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan[3].
2020-yil 27-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni va davlat aktivlarini xususiylashtirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-6096-son farmoniga muvofiq jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushining 100 foizi jamiyatning yagona aksiyadori sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻtkazildi[4].
2021-yil 30-apreldan „Uzbekistan Airports“ aksiyadorlik jamiyati Prezidentning 5100-sonli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarining barcha turdagi faoliyatining umumiy boshqaruvni amalga oshiradi[5].
2021-yil 1-noyabrdan „Uzbekistan Airports Handling“ MChJning Toshkent aeroportida UzPort brendi ostida faoliyat yurituvchi shoʻba korxonasi „Uzbekistan Airports“ AJ tarkibiga kiradi[6]. 2022-yil 1-noyabrdan boshlab esa „Uzbekistan Airports Cargo“ MChJning „Toshkent“ aeroportining pochta-yuk kompleksi negizida tashkil etilgan shoʻba korxonasi „Uzbekistan Airports“ AJ tarkibiga kiradi.
Vazifalari
tahrir- aeroportlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- aeroportlar infratuzilmasini yaxshilash uchun investitsiyalarni jalb qilish;
- parvozlarning muntazamligi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- yoqilgʻi va boshqa yoqilgʻi-moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash;
- tegishli aeroport xizmatlarining samarali ishlashini taʼminlash;
- yoʻlovchilarga, yuklarga, pochta va bagajga xizmat koʻrsatish jarayonlarini optimallashtirish;
- yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning yuqori darajasini saqlab turish.
Davlat ulushi AJga oʻtkaziladigan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar
tahrir- „Z. M. Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti“ MCHJ;
- „Buxoro xalqaro aeroporti“ MCHJ;
- „Qarshi xalqaro aeroporti“ MCHJ;
- „Navoiy xalqaro aeroporti“ MCHJ;
- „Nukus xalqaro aeroporti“ MCHJ;
- „Namangan xalqaro aeroporti“ MCHJ;
- „Samarqand xalqaro aeroporti“ MCHJ;
- „Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti“ MCHJ;
- „Termiz xalqaro aeroporti“ MCHJ;
- „Urganch xalqaro aeroporti“ MCHJ;
- „Fargʻona xalqaro aeroporti“ MCHJ.
Rahbariyat
tahrir- Javlonbek Oybekovich Umarxodjayev – boshqaruvi raisi[7][8][9][10];
- Anvar Abdugafurovich Abdukadirov – boshqaruv raisining moliya-iqtisod masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari;
- Behzod Abdulazizovich Yusupov – boshqaruv raisining aviatsiya xavfsizligi va rejim boʻyicha oʻrinbosari;
- Bohodir Mirhosilovich Mirusmanov – boshqaruv raisining xodimlar boʻyicha oʻrinbosari;
- Sardor Mahmudjanovich Abdullaev – boshqaruv raisining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari;
- Shovkat Kamilovich Toʻlaganov – boshqaruv raisining kapital qurilish boʻyicha oʻrinbosari;
- Bositxon Baxadirovich Rasulov – boshqaruv Raisining alohida muhim parvozlar boʻyicha oʻrinbosari;
- Shavkat Samatovich Samatov – boshqaruv raisi devoni rahbari.
Manbalar
tahrir- ↑ „KOMPANIYA HAQIDA“. uzairports. UZBEKISTAN AIRPORTS. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „Устав Uzbekistan Airports“. uzairports.com. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQARO AVIATSIYASINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALARNI ISLOH QILISHNI JADALLASHTIRISH HAMDA DAVLAT AKTIVLARINI XUSUSIYLASHTIRISHGA OID CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „FUQARO AVIATSIYASI KORXONALARINI TRANSFORMATSIYA QILISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „Uzbekistan Airports tarkibida yangi xendling kompaniyasi tashkil etilmoqda“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „Javlonbek Umarxodjayev “Uzbekistan Airports” AJning boshqaruv raisi v.b. etib tayinlandi“. uzreport.news. UzReport.news. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „Ra’no Jo‘rayeva Uzbekistan Airports raisi lavozimini tark etdi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „Ra’no Jo‘rayeva «Uzbekistan Airports» AJ rahbarligini tark etdi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „Ra’no Joʻrayeva “Uzbekistan Airports” AJ rahbarligidan ketdi“. buzb.uz. buzb.uz. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.