Valentina Borisenko
Valentina Mixaylovna Borisenko ((née Belova; ruscha: Валентина Михайловна Борисенко); Cherepovets, 1920-yil 28-yanvar — Sankt-Peterburg, 1993-yil 6-mart) sovet ayol shaxmatchisi.
Valentina Borisenko | |
---|---|
Toʻliq ismi | Valentina Mikhaylovna Borisenko |
Mamlakat | SSSR |
Tugʻilishi |
28-yanvar 1920-yil Cherepovets |
Vafoti |
6-mart 1993-yil (73 yoshda) Saint Petersburg |
Saravha | Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2255 (yanvar 1990-yil)[1] |
Shaxmatdagi faoliyati
tahrirValentina Mixaylovna ayollar oʻrtasidagi Sovet chempionatining besh karra gʻolibi boʻlgan, jumladan, 1945, 1955, 1957, 1960 va 1961-yillarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblik shoxsupasiga qadar koʻtarilgan (rekord Nona Gaprindashvili bilan boʻlingan).
Valentina Mixaylovna Borisenko yetti marta (1940, 1945, 1950, 1951, 1954, 1955 va 1956) Leningrad shaxmat boʻyicha ayollar chempionatida va toʻrt marta RSFSR ayollar chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Shaxmatga kirib kelgan ilk yillarida u turli musobaqalarda faol ishtirok etdi. Ikki marta SSSR chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi.[2] Ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha 1-jahon chempionatida ishtirok etgan.[3]
Leningrad jamoasi tarkibida 1953 -yilda SSSR jamoaviy chempionati gʻolibi boʻlgan. RSFSR jamoasi tarkibida bitta kumush (1962) va ikki marta bronza (1958 va 1960-yillar) medalini q`olga kiritgan. SSSR jamoaviy chempionatlarida bir qator sovrinli oʻrinlarni egallagan.
SSSR terma jamoasi tarkibida Valentino Borisenko Buyuk Britaniya, Yugoslaviya va boshqalar jamoalariga qarshi oʻyinlarni oʻtkazgan. RSFSR terma jamoasi tarkibida u Bolgariya va Vengriya jamoalari bilan oʻyinlarda ishtirok etgan.
1949—1950-yillardagi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida u Elisaveta Bykova bilan 3-4-oʻrinlarni egalladi.[4]
1970-yilda Valentina Mixaylovna Halledagi xalqaro turnirda Waltraud Nowarra bilan birinchi oʻrinlikka teng davogar sifatida oʻzaro bahslashadi.
1977-yilda Valentina Mixaylovna FIDE tomonidan 1945—1970-yillardagi natijalari uchun ayol grossmeyster faxriy unvoniga sazovor boʻldi.
Shaxsiy hayoti
tahrirValentina Mixaylovna FIDE grossmeysteri G.K.Borisenkoga (1922—2012) turmushga chiqqan. Uning eri rossiyalik shaxmatchi Georgiy Borisenko boʻlib, Georgy ham shaxmat ustasi va murabbiyi hisoblanadi. U Valentinaga shaxmat oʻynashdan bir qator saboqlar bergan.[5]
Mashhur oʻyin
tahrira | b | c | d | e | f | g | h | ||
8 | 8 | ||||||||
7 | 7 | ||||||||
6 | 6 | ||||||||
5 | 5 | ||||||||
4 | 4 | ||||||||
3 | 3 | ||||||||
2 | 2 | ||||||||
1 | 1 | ||||||||
a | b | c | d | e | f | g | h |
Manbalar
tahrir- ↑ Borisenko-Belova, Valentina FIDE rating history, 1976-2001 at OlimpBase.org
- ↑ Grodzenskiy S. Ya., Romanov I. Z. Xod v konverte. — M.: FiS, 1982. — S. 151.
- ↑ Grodzenskiy S. Ya., Romanov I. Z. Xod v konverte. — M.: FiS, 1982. — S. 160.
- ↑ Mark Weeks' Championship table
- ↑ „Obituary - GM Georgy Borisenko“. FIDE (4-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2016-yil.
Havolalar
tahrir- Valentina M Belova shaxmat oʻyinlari 365Chess.com saytida