Vanilli sous
Vanilli sous — vanil taʼmi boʻlgan shirin sous boʻlib, xamir ovqatlar, shirin pishiriqlar, muzqaymoq yoki mevalar bilan issiq yoki sovuq holda tortiladi. Bu, xususan, tort tayyorlash uchun tarkibiy qism boʻlishi mumkin. Vanildan tashqari, u sut, qaymoq, sariyogʻ, shakar, tuxum sarigʻi, un yoki kraxmaldan iborat boʻladi. Vanil sousi Yevropa oshxonasida, xususan, fransuz va nemis oshxonalarida mashhur.
Sousni tayyorlash uchun vanil (vanil shakari) issiq sut yoki qaymoq bilan eritiladi. Shu tarzda taʼm berilgan sut yoki qaymoq tuxum sarigʻi bilan aralashtiriladi, shakar va kraxmal qoʻshiladi va quyuqlashguncha past olovda isitiladi[1][2]. Baʼzi retseptlarda sut sousda ishlatilsa, oxirida sariyogʻ qoʻshiladi[3].
Vanil sousi odatda vanilin bilan taʼm berilgan va karotin yoki riboflavin bilan boʻyalgan tez eruvchan yoki tayyor mahsulot sifatida sotiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Кашин С. П. Соусы и подливы. — М.: Рипол Классик, 2012. — 574с. — С.218“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-may.
- ↑ „Поскребышева Г. И. Энциклопедия домашней кухни. — М.: OЛМА-ПРЕСС Инвест, 2006. — 320 с. — C.293“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-may.
- ↑ „Звонарёва А. Соусы и маринады. Аппетитные рецепты для вашего стола. Litres, 2017. — ISBN 545766516X, 9785457665163“. 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-may.