Vaughan Jones
Vaughan Jones (talaffuzi: Von Jons) (1952-yil 31-dekabrda tugʻilgan) — yangi zelandiyalik matematik. Jones Von Neumann aljabrlari hamda tugun koʻphadlari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1990-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Vaughan Jones | |
---|---|
Tavalludi |
31-dekabr 1952-yil Gisborne, Yangi Zelandiya |
Vafoti | 6-sentyabr 2020[1] |
Fuqaroligi | Yangi Zelandiya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
California universiteti, Berkeley Vanderbilt universiteti California universiteti, Los Angeles Pennsylvania universiteti |
Taʼlimi |
Geneva universiteti Auckland universiteti |
Akademik rahbarlari | André Haefliger |
Mashhur ishlari |
Von Neumann aljabrlari tugun koʻphadlari konformli maydon teoriyasi |
Mukofotlari | Fields medali (1990) |
Jonesning tugun koʻphadlar boʻyicha ishlari natijasida hozirda Jones koʻphadi deb nomlanuvchi tushuncha paydo boʻldi. Uning ishlari natijasida tugun teoriyasi boʻyicha bir necha klassik masala yechildi, past oʻlchamli topologiyaga boʻlgan qiziqish oshdi.
Jones Yangi Zelandiyaning Gisborne shahrida tugʻilgan, ammo Cambridge shahrida ulgʻaygan. 1972-yil Auckland universitetini tamomlab, bakalavr darajasini olgan. 1973-yil ayni universitetdan magistr darajasini olgan. 1979-yil Geneva universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Jones 1980-yil AQShga koʻchib borgan. 1980-1981-oʻquv yilida Los Angelesdagi California universitetida tahsil bergan. 1981-1985-yillarda Pennsylvania universitetida ishlagan. 1985-yil esa Berkleydagi California universitetida ishlay boshlagan. 2011-yildan beri Vanderbilt universitetida ishlamoqda.