Vaxsh tizmasi
Vaxsh tizmasi — Tojikistonning gʻarbiy qismidagi togʻ tizmasi. Vaxsh daryosi oʻrta oqimining chap sohili boʻylab jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa choʻzilgan. Uzunligi 80 km chamasida. V. t. Vaxsh bilan Qizilsuv orasida suvayirgʻich. Oʻrtacha bal. 1500–2000 m, eng baland Hazratishoh choʻqqisi 3141 m. V. t.ning jan. davomi Ilontov (1760 m) deb ataladi, u Qizilsuv bilan Tohirsuv havzalari orasida suvayirgʻich. V. t. qumtosh, ohaktosh, konglomerat, gil kabi choʻkindi jinslardan tarkib topgan. Tog yon bagʻirlarida chala choʻl, dasht oʻsimliklari oʻsadi, ahyon-ahyonda daraxt va butalar uchraydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil