Veikkola
Veikkola (fincha talaffuzi: [ˈʋei̯kːolɑ]) — Finlandiyaning Uusimaa viloyatidagi Kirkkonummi munitsipalitetida joylashgan qishloq. U shahar markazidan shimolda taxminan 20 kilometr (12 mi) masofada, Vihti munitsipaliteti chegarasi yaqinidagi Helsinki-Turku avtomagistrali boʻyida (E18) joylashgan. Qishloq hududidan 110-sonli mintaqaviy yo‘l ham o‘tadi. Veikkola deyarli 6000 nafar aholiga ega. Qishloq yaqinida Nuuksio milliy bogʻi joylashgan[1].
Veikkola | |
---|---|
Qishloq | |
60°16′11″N 24°26′4″E / 60.26972°N 24.43444°E | |
Mamlakat | Finlandiya |
Aholisi (2020-yil 31-dekabr) |
5,924 |
|
Veikkolada ikkita boshlangʻich maktab mavjud boʻlib, ulardan Veikkola maktabi (Veikkolan koulu) 1—9-sinflar uchun umumtaʼlim maktabi va Vuorenmäki maktabi (Vuorenmäen koulu) 1—6-sinflar uchun boshlangʻich maktabdir[2]. Veikkola maktabi 1899-yilda tashkil etilgan va hozirgi maktab binosi 2004-yilda qurilgan. Veikkolada shuningdek, sogʻliqni saqlash markazi, kutubxona, bir nechta bolalar bogʻchalari va qariyalar uyi, futbol maydoni boʻlgan sport parki mavjud[3]. Qishloqda uchta oziq-ovqat doʻkoni ham mavjud: S Groupning S-Marketi[4], Keskoning K-Market va K-Supermarketi[5][6] hamda R-kioski minimarketi[7].
Manbalar
tahrir- ↑ Nuuksion vähemmän tunnetulla Kaarniaispolulla — yksi kohokohta on vanhan kaatopaikan vehreä maisema. — Retkipaikka.fi (fin tilida)
- ↑ Suomenkieliset peruskoulut — Veikkolan alue (Wayback Machine saytida 2022-08-15 sanasida arxivlangan) — Kirkkonummi.fi (fin tilida)
- ↑ Kotikenttä hankkeen tausta — Veikkolan Futiskenttä (fin tilida)
- ↑ S-Market Veikkola (fin tilida)
- ↑ K-Market Veikkola (Wayback Machine saytida 2022-11-26 sanasida arxivlangan) (fin tilida)
- ↑ K-Supermarket Veikkola (Wayback Machine saytida 2022-11-26 sanasida arxivlangan) (fin tilida)
- ↑ Veikkola Koskentie 3 (Wayback Machine saytida 2022-05-28 sanasida arxivlangan) (fin tilida)
Havolalar
tahrirVikiomborda Veikkola haqida turkum mavjud |
- Ajankohtaista Veikkolassa (Wayback Machine saytida 2022-11-26 sanasida arxivlangan) — Veikkolaverkko (fin tilida)