Auksion (lotincha auction) – maxsus kim-oshdi savdo bozorlari; tovarlarni talabgor haridorlarga sotish.

Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan roʻyxati boʻyicha, ommaviy sotuvga qoʻyish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Auksion eʼlon qilingan vaqtda va maʼlum davrda oʻtkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar roʻyxatda koʻrsatilgan tartibda savdoga qoʻyiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.

Auksionlarda sanʼat asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari maʼlum vaqtda oʻtkazilib, bu yerda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi oʻrtasida yuz berib, unda bevosita isteʼmolchi qatnashmaydi.

Manbalar

tahrir