Yuqori yana tizmasi
(Verxoyana tizmasidan yoʻnaltirildi)
Yuqori yana tizmasi, Verxoyana tizmasi — Sibir shimoli-sharqidagi togʻ sistemasi. Saxa Respublikasi hududida. Lena va Aldan, Omoloy, Yana va Indigirka havzalarining suvayirgʻichi boʻlib xizmat qiladi. Yu.Yuqori yana tizmasi Lena daryosi deltasidan Tompo daryosigacha (Aldanning oʻng irmogʻi) qariyb 1200 km ga choʻzilgan. Eng 100 –250 km. Shimolida oʻrtacha bal. 1000 m, eng baland joyi 2389 m. Gʻarbiy yon bagʻri tik va qisqa, sharqiy yon bagri qiya. Yu.Yuqori yana tizmasining shimoliy qismi va yon bagʻirlarining yuqori qismlari togʻ tundra oʻsimliklari, quyirogʻi pakana kedr hamda tilogʻoch oʻrmonlari bilan qoplangan. Oltin, qalay konlari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |