Vijayanagar
Vijayanagar — Hindistonda, Krishna daryosidan janubiy qismida XI—XVII asrlarda mavjud boʻlgan davlat; Hindistonning aksar qismida musulmon sulolalari hukmronlik qilayotgan davrda hindlarning eng yirik davlati. Janubiy hind xalqlari (telugu, tamil, kannara va tulu)ning Dehli sultonligiga qarshi kurashi natijasida vujudga kelgan (1082). Poytaxti — Vijayanagar shahri (lugʻaviy maʼnosi — gʻalaba shahri). Devarayya II davri (1422—46)da butun Janubiy Hindiston Vijayanagarga qoʻshib olingan, Seylon va Birmaga harbiy yurishlar qilinib Bahmaniylar sultonligi ustidan bir necha gʻalabalarga erishilgan. Krishnadevarayya davri (1509—29)da Vijayanagar qudratli davlatga aylangan. Vijayanagarda janubiy hind xalqlarining sanʼati va adabiyoti taraqqiy etgan. Biroq ichki nizolar, qoʻshni sultonliklar bilan boʻlgan muttasil urushlar natijasida Vijayanagar zaiflashgan. Bijapur, Ahmadnagar, Bidor va Golkonda sultonliklari bilan boʻlgan urushda (Talikot jangi, 1565) magʻlubiyatga uchragach, Vijayanagar mayda sultonliklarga boʻlinib ketgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |