Vikipediya:Administratorlar
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Vikipediya administratorlari Vikipediya foydalanuvchilarining bir toifasi boʻlib, quyidagi texnik vazifalarni bajarish huquqiga egadirlar:
- Biror sahifani himoyalash
- Sahifani oʻchirish
- Oʻchirilgan sahifani tiklash
- Tahrirlar tarixidan biror versiyani yashirish
- Biror foydalanuvchini chetlashtirish
Oʻzbekcha Vikipediyada hozirda 15 ta administrator mavjud.
Administrator boʻlish
tahrirAdministratorlik statusi maxsus sahifadagi muhokamadan soʻng beriladi: Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar.
Administratorlikdan chiqish
tahrirAdministrator statusi faqat 3 ta sabab tufayli olinishi mumkin:
- administrator statusiga ega foydalanuvchining oʻz xohishi bilan;
- muayyan administratorning uzoq muddat faol emasligi sababli faol administratorlar konsensusi asosida;
- administratorning Vikipediya va Vikimedia tamoyillarini bir necha bor buzgan hollarda.
Administrator statusini berish-olish vazifasi loyiha rasmiyatchilariga yuklatilgan. Favqulotda vaziyatlarda (masalan, rasmiyatchi faol boʻlmagan hollarda) Vikimedia Jamgʻarmasining barcha loyihalaridagi boshqaruvchilar — styuardlarga murojaat qilish mumkin.
Administratorlik statusining qayta berilishi, administratorlikka soʻrovlar sahifasida administratorlarni saylash qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nofaol administratorlar
tahrirOʻzbekcha Vikipediyada tahrir qilmay qoʻygan administratorlar huquqlaridan mahrum qilinadi. Xususan,
- Bir yildan oshiq vaqt mobaynida umuman tahrir qilmagan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi;
- Soʻnggi besh yil ichida 100 tadan oz tahrir qilgan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi.
Mezonlar
tahrirAdministratorlar
- 1-mezon: bir yil davomida hech qanday tahrir (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi) yoki administrator amaliyotini amalga oshirmagan boʻlsa
- bir oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- bir necha kun oldin foydalanuvchi munozarasida takror xabar qoldiriladi
- 2-mezon: 5 yil davomida 100 tadan oz tahrir qilgan boʻlsa (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi)
- 3 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- 1 oy oldin foydalanuvchi munozarasida takror xabar qoldiriladi
Rasmiyatchilar
- yuqoridagi siyosat rasmiyatchilarga ham tatbiq qilinadi
- foydalanuvchiga huquqlari bekor qilingani haqida xabar beriladi.
Har bir holatda statusdan mahrum qilish protsessual jarayon ekanligi tushuntiriladi.
Roʻyxat
tahrirHozirgi administratorlar
tahrir
|
Sobiq administratorlar
tahrirTarix
tahrirYana qarang
tahrir- Administratorlar roʻyxati (avtomatik yangilanadi)
- Vikipediya:Rasmiyatchilikka soʻrovlar
- Vikimedia Fondi loyihalaridagi administratorlar statistikasi