Vikipediya:Nizolarni hal qilish

(Vikipediya:BAHSdan yoʻnaltirildi)

Vikipediyadagi kelishmovchiliklar odatiy holdir. Foydalanuvchilar koʻpincha, ayniqsa kontent boʻyicha qarorlar masalasida, bir-birlari bilan kelisha olmaydi. Foydalanuvchilar oʻz kelishmovchiliklarini hal qilish jarayonida vijdonan ishtirok etishlari va nizolarni shaxsiylashtirmasliklari kerak. Koʻpgina nizolarni tashqi yordamsiz, bosqichma-bosqich tahrirlash, muhokama qilish va boshqalarning asosli eʼtirozlarini tushunishga urinishlar orqali hal qilish mumkin.

Agar munozara jarayoni toʻxtab qolsa, foydalanuvchilar nizoni hal qilishda yordam berish uchun tashqi yordam izlashlari mumkin. Kontent boʻyicha bahslar tashqi yordam olish uchun bir nechta joylarga va tegishli muhokamalarga oid Vikiloyihalarning munozara sahifalarida ham eʼlon qilinib, bunda manfaatdor boʻlmagan foydalanuvchilar ham ishtirok etishi mumkin. Kontentga oid nizolarni tashqi yordam bilan hal qilish jarayonlariga uchinchi tomon fikrini soʻrash, vositachidan yordam soʻrash, tegishli eʼlonlar doskasida soʻrov qoldirish kabilar kiradi. Xulq-atvor bilan bogʻliq muammolar voqealar haqida xabar berish doskasida koʻrib chiqilishi, yanada murakkab nizolar uchun esa arbitraj qoʻmitasiga murojaat qilish mumkin.

Tezkor eʼtibor talab qiladigan muammolar uchun shoshilinch vaziyatlarni ko'ring.

Kontent bilan bogʻliq nizolarni hal qilish

tahrir

Vikipediyada nizolarni hal qilishning koʻplab metodlari mavjud. Aksariyat metodlar rasmiy jarayonlar boʻlmay, uchinchi tomon aralashuvini oʻz ichiga olmaydi. Barcha nizolar yoki shikoyatlarga, birinchi navbatda, tegishli foydalanuvchi yoki foydalanuvchilarga murojaat qilib, ularning qaysi tahririga qarshi ekaningizni va nima uchun eʼtiroz bildirayotganingizni tushuntiring. Murojaat uchun maqola munozara sahifasi yoki foydalanuvchilarning foydalanuvchi sahifasi munozarasidan foydalaning. Kelishuvchan, xushmuomala boʻling va doimo ezgu maqsadni koʻzlang.

Oddiy protokolga amal qiling

tahrir

Maqolada xato, notoʻgʻri yoki manbasiz parchani topsangiz, eng yaxshi amaliyot, iloji boʻlsa, qutqarilishi mumkin boʻlgan matnni oʻchirmasdan, imkoni boʻlsa tuzatishdir. Misol uchun, agar maqola noxolis koʻrinsa, muvozanatlashtiruvchi matn qoʻshish yoki matnni neytrallashtirish kerak. Qoʻshgan har qanday materialingiz uchun manba qoʻshing. Muammoni qanday hal qilishni bilmasangiz, munozara sahifasi orqali yordam soʻrang.

Boshqa foydalanuvchilar tahrirlaringiz sababini tushunishi uchun har doim tahrirlash xulosasida oʻzgartirishlaringizni tushuntiring. Agar tahrirlash xulosasida tushuntirish juda murakkab boʻlsa yoki oʻzgartirish bahsli boʻlsa, munozara sahifasiga mantiqiy fikringizni tushuntiruvchi mavzu qoʻshing. Munozara sahifasida boshqa foydalanuvchilarga kiritgan oʻzgarishlaringizni asoslashga tayyor boʻling. Agar chekinsangiz, tushuntirishda davom eting. Tahrirlar jangini boshlamang.

Boshqa tomon bilan muhokama qiling

tahrir
 
Grahamning kelishmovchiliklar ierarxiyasi: nizolar paytida yuqoriga intiling.

Boshqa tomonlar bilan munozara qilish oddiy rasmiyatchilik emas, balki ensiklopediya yozish jarayonining ajralmas qismidir. Qizgʻin yoki yomon muhokama qilish yoki umuman muhokama qilmaslik boshqa muharrirlar sizning pozitsiyangizga nisbatan kamroq xayrixoh boʻlib, nizolarni hal qilishda keyingi bosqichlardan samarali foydalanishingizga toʻsqinlik qilishi mumkin. Tomonlar oʻrtasidagi doimiy munozara, garchi muvaffaqiyatli boʻlmasa ham, sizning ezgu maqsadingiz va konsensusga erishishga harakat qilayotganingizni koʻrsatadi. Kelishuv boʻyicha muzokaralar olib boring yoki muzokaralar orqali murosaga kelishni taklif qiling.

Tahrirlar urushini davom ettirmang. Barqaror munozara boshlangandan soʻng, samarali ishtirok etish ustuvor vazifa hisoblanadi. Munozaraga qoʻshilishga taklif qilinsa-da, ishtirok etmagan foydalanuvchilar munozara davom etayotganda koʻp sonli qayta tiklashlar yoki tahrirlar amalga oshirilsa, chalkashib ketishlari va xavotirga tushishlari mumkin.

Munozara sahifasidagi muhokama Vikipediyadagi deyarli barcha nizolarni hal qilish uchun zaruriy shartdir. Agar istalgan vaqtda uchinchi tomon fikrini (3O) soʻrash yoki sharh berishni soʻrash, nizolarni hal qilish boʻyicha eʼlonlar doskasidan (DRN) foydalanish yoki arbitraj uchun soʻrov ochishni xohlasangiz, munozara sahifasida bahs muhokama qilinganini koʻrsatishingiz kerak boʻladi. Aktual muhokama kerak. Toʻliq tahrirlash izohlari orqali olib borilgan muhokama yetarli emas.

Kontentga eʼtibor qarating

tahrir

Munozara paytida foydalanuvchining xatti-harakatiga emas, balki maqola mazmuniga eʼtibor qarating. Muallifga emas, balki kontentga sharh bering. Vikipediya hamkorlik orqali yoziladi. Shuning uchun boshqalarning saʼy-harakatlari vijdonan ekanligini taxmin qilish juda muhimdir. Tarkibni muhokama qilishda xulq-atvorni kuchaytirish muhokamani chalgʻitib, vaziyatni qizgʻinlashtirishi mumkin.

Boshqa foydalanuvchilar shafqatsiz yoki oʻjar boʻlgan taqdirda kontentga eʼtibor qaratish va xulq-atvorni yaxshilamaslik qiyin boʻlishi mumkin. Ogʻir-bosiq boʻling! Agressiv javob berish sizga hech qachon foyda keltirmaydi. Mazmunga asoslangan munozara olib borish juda qiyin yoki mashaqqatli boʻlsa, batafsil bayon qilingan nizolarni hal qilish metodlari haqida jiddiy oʻylab koʻrishingiz kerak. Har qanday holatda ham oʻzingizni yoʻqotmasligingiz kerak. Vikipediya Internetning koʻplab boshqa qismlaridan farq qiladi. Bu yerda foydalanuvchilardan har doim xushmuomala va adolatli boʻlishlari kutiladi.

Jim boʻlish

tahrir

Aksariyat vaziyatlar aslida shoshilinch boʻlmaydi. Vikipediyada muddatlar mavjud emas va mukammallik talab qilinmaydi. Muhokama vaqtidagi barcha bosqichlarda nizodan tanaffus qilish kerak yoki yoʻqligi haqida oʻylab koʻring. Chuqur nafas olib, uxlash koʻpincha yordam beradi. Har doim munozaraga keyinroq qaytishingiz mumkin, hech boʻlmaganda gʻazablanmasdan qaytasiz. Shuningdek, munozarani butunlay tark etish haqida oʻylashingiz ham mumkin.

Vaziyatni uzoq muddat qayta koʻrib chiqing. Oldingi muammolar yoʻq boʻlib, siz bahslashayotgan foydalanuvchi oʻz ishini davom ettirayotgan boʻlsa, maqolani tahrirlashda davom etishingiz mumkin. Bahsli maqola boyishda davom etishi boshqa foydalanuvchilarni ham qiziqtirib, muammo yana paydo boʻlgan taqdirda, ular boshqacha nuqtai nazarga ega boʻlishi mumkin. Maqola boʻyicha sizning pozitsiyangiz qabul qilinmasa ham, kelajakda qabul qilinishi mumkin.

Jim boʻlish, ayniqsa, yangi foydalanuvchilar bilan bahslashganda foydalidir. Chunki bu holat ularga Vikipediya siyosati va madaniyati bilan tanishish imkoniyatini beradi. Oʻz hissalaringizni boshqa maqolaga qaratish haqida oʻylab koʻring. U yerda konstruktiv tahrirlarni osonroq amalga oshirishingiz mumkin.

Kontentga oid bahsli holatlar uchun boshqa foydalanuvchilardan yordam soʻrash

tahrir

Agar nizoni foydalanuvchi bilan muhokama qilish orqali hal qila olmasangiz, oʻzgartirishlaringiz boʻyicha konsensus yaratish uchun muhokamada ishtirok etmagan manfaatdor foydalanuvchilardan jarayonda ishtirok etishni soʻrashingiz mumkin. Yordam berishi mumkin boʻlgan foydalanuvchilar bilan bogʻlanish uchun quyidagi bir nechta usullardan foydalanish mumkin.