Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat (tashkilotlar va shirkatlar)

Ushbu sahifa biror tashkilot (tijoriy yoki notijoriy) yoki tashkilotning mahsulot va xizmatlari tashkilot, mahsulot yoki xizmatga bagʻishlangan alohida Vikipediya maqolasi yaratish uchun mavzu boʻla olish-olmasligini aniqlashga yordam beradi. Ushbu yoʻriqnoma notijorat taʼlim muassasalari, dinlar yoki diniy oqimlar va sport jamoalaridan tashqari muayyan maqsadni koʻzlab tashkil etilgan barcha guruhlarni qamrab oladi. Agar boshqa mavzuga doir koʻrsatma biror guruhga taalluqli boʻlsa, guruh ushbu sahifadagi yoʻriqnoma yoki boshqa tegishli yoʻriqnoma talablariga javob bergan holda ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Masalan, musiqiy guruhlar ensiklopedik ahamiyatga molik yoki yoʻqligi VP:MUSIQA yoʻriqnomasi boʻyicha koʻrib chiqiladi.

Oddiy qilib aytganda, tashkilot – bir maqsadni koʻzlab, hamkorlikda ish tutish uchun tuzilgan bir nechta aʼzoga ega guruhidir. Bunga xayriya tashkilotlari, siyosiy partiyalar, kasalxonalar, muassasalar, manfaatdor guruhlar, ijtimoiy klublar, kompaniyalar, hamkorliklar, xoldinglar, tijoriy taʼlim muassasalari yoki tashkilotlari va boshqalar misol boʻla oladi.

Ushbu yoʻriqnoma oilalar, musiqiy va badiiy guruhlar, hammualliflar va hamkashfiyotchilar kabi kichik guruhlarga tatbiq qilinmasligi kerak. Bunday holatlar uchun VP:Ensiklopedik ahamiyat (kishilar) qoʻllanmasiga qarang.

Asosiy mezonlar

tahrir
  • VP:TASHMEZ

Kompaniya, korporatsiya, tashkilot, guruh, mahsulot yoki xizmat ensiklopedik ahamiyatga ega deb topilishi uchun bir nechta nufuzli, ikkilamchi va mustaqil manbalarda sezilarli darajada yoritilgan boʻlishi kerak.

Umuman olganda, tashkilotlar ensiklopedik ahamiyatini aniqlashda qoʻllaniladigan mezonlar umumiy ahamiyat mezonlarigdan kelib chiqadi. Marketing va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha mutaxassislar tomonidan qoidalar suiisteʼmol qilinishi oldini olish maqsadida manbalarning sifatiga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu yoʻriqnoma qisman Vikipediya reklama va targʻibot uchun suiisteʼmol qilinishi bilan bogʻliq baʼzi umumiy muammolarni hal qilishga qaratilgan. Shu asnoda, yoʻriqnoma ensiklopedik ahamiyatni aniqlash uchun koʻrsatilishi kerak boʻlgan manbalarga maqolada shunchaki faktlarni dastaklash uchun koʻrsatilishi mumkin boʻlgan manbalarga nisbatan qatʼiyroq talab qoʻyadi.

Mezonlarni qoʻllash tartibi

tahrir

Individual manbalar alohida va bir-biridan mustaqil ravishda koʻrib chiqilishi zarur. Ensiklopedik ahamiyatni aniqlashda muayyan manbaga tayanish mumkin boʻlishi uchun oʻsha manba quyida keltirilgan toʻrt mezonga javob berishi kerak:

  1. Manbada maqola mavzusi toʻgʻridan-toʻgʻri va chuqur yoritilgan boʻlishi kerak;
  2. Manba maqola mavzusidan butunlay mustaqil boʻlishi kerak;
  3. Manba nufuzlilik standartiga javob bera olishi kerak;
  4. Manba ikkilamchi manba boʻlishi kerak; Birlamchi va uchinchi darajali manbalar ensiklopedik ahamiyatni aniqlashda eʼtiborga olinmaydi.

Ensiklopedik ahamiyatni aniqlash uchun muyayyan manba ushbu mezonlarning barchasiga javob berishi kerak; har bir manba muhim, mustaqil, ishonchli va ikkilamchi boʻlishi kerak. Bundan tashqari, ensiklopedik ahamiyat bor yoki yoʻqligini aniqlash uchun bunday manbalar bir nechta boʻlishi kerak. Agar biror manbaning yaroqliligiga shubha boʻlsa, ehtiyotkorlik bilan ish tutish hamda qaror chiqarishda bunday manbani hisobga olmaslik tavsiya qilinadi.

Muayyan turdagi tashkilotlar uchun muqobil mezonlar

tahrir

Taʼlim muassasalari

tahrir
  • VP:TAʼLIM

Barcha universitetlar, kollejlar va maktablar, shu jumladan, oʻrta maktablar, boshlangʻich maktablar va asosan umumiy taʼlim berishda rol oʻynaydigan maktablar tashkilotlar va shirkatlar uchun ishlab chiqilgan mezonlar (yaʼni, ushbu sahifadagi mezonlar), umumiy ahamiyat mezonlari yoki har ikkisiga ham javob berishi kerak. Tijoriy taʼlim tashkilotlari va muassasalari tijorat tashkilotlari hisoblanadi va shuning uchun ular tijoriy tashkilotlarga qoʻyilagan mezonlarga javob berishi kerak.