Vikipediya:Oʻzbek lotin alifbosi qoidalari

(Vikipediya:Lotin alifbosidan yoʻnaltirildi)

Alifbo

tahrir

Kirill

Lotin

Kirill

Lotin

А а A a Р р R r С с S s
Б б B b Т т T t
В в V v У у U u
Г г G g Ф ф F f
Д д D d Х х X x (qoida)
Е е E e ~ Ye ye (qoida) Ц ц S s ~ Ts ts (qoida)
Ё ё Yo yo Ч ч Ch ch
Ж ж J j Ш ш Sh sh
З з Z z ъ ’ - tutuq belgisi
И и I i ь
Й й Y y Э э E e
К к K k Ю ю Yu yu
Л л L l Я я Ya ya (istisno)
М м M m Ў ў Oʻ oʻ
Н н N n Қ қ Q q
О о O o Ғ ғ Gʻ gʻ
П п P p Ҳ ҳ H h (qoida)

Eʼtibor bering

tahrir
  • Iltimos ’ yoki ' (ajratish belgilarni) Ъ joyiga ishlatilishiga, va yoki ` belgilar ˘ joyiga ishlatilishiga etibor bering.
  • Lotin C harfi alohida hech qachon ishlatilmaydi, faqat h harfi bilan birga Ch digrafi uchun ishlatiladi.

Qoidalar

tahrir

Ts (Ц) digrafi

tahrir
Soʻz boshida yoki soʻz oʻrtasida undosh tovushdan keyin S yoziladi.
Lekin soʻz oʻrtasida unli tovushdan keyin ts yoziladi.
Misol uchun
Kiril Lotincha toʻgʻri Lotincha notoʻgʻri
цирк sirk cirk, tsirk
цех sex cex, tsex
федерация federatsiya federaciya, federasiya
функция funksiya funktsiya, funkciya

Ye (Е) digrafi

tahrir
Soʻz boshida yoki soʻz oʻrtasida unli tovushdan keyin Ye yoziladi.
Lekin soʻz oʻrtasida undosh tovushdan keyin e yoziladi.
Misol uchun
Kirill Lotincha toʻgʻri Lotincha notoʻgʻri
енгил yengil engil
етти yetti etti
Низоев Nizoyev Nizoev
қаерда qayerda qaerda

X(X) va H(Ҳ) harflari

tahrir
Kiril Ҳ harfi lotincha H yoziladi.
Kiril X harfi lotincha X yoziladi.
Misol uchun
Kirill Lotincha toʻgʻri Lotincha notoʻgʻri
дорихона dorixona dorihona, dorikhona
жаҳон jahon jaxon, jakhon

Istisnolar

tahrir

Ya (Я) digrafi

tahrir
Сентябр soʻzi lotincha sentabr yoziladi.
Октябр soʻzi lotincha oktabr yoziladi.

Bosh harflar

tahrir
Misol uchun
Kirill Lotincha toʻgʻri Lotincha notoʻgʻri
БАРЧАМИЗНИ BARCHAMIZNI BARChAMIZNI
ЧИҚИШ CHIQISH ChIQISh
Шаҳар Shahar SHahar


Qisqartmalar

tahrir
Misol uchun
Kirill Lotincha toʻgʻri Lotincha notoʻgʻri
МЧЖ MChJ[manba kerak], MCHJ[1] MCHJ[manba kerak], MCJ
ЕВБ YeVB[manba kerak] YEVB, YVB[manba kerak], EVB

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbek tilining imlo lugʻati. Toshkent, 1995. 25-b.

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir