Vikipediya:Maqola
Nomfazolar | |||
---|---|---|---|
Oddiy nomfazolar | Munozarasi | ||
0 | (Maqola) | Munozara | 1 |
2 | Foydalanuvchi | Foydalanuvchi munozarasi | 3 |
4 | Vikipediya | Vikipediya munozarasi | 5 |
6 | Fayl | Fayl munozarasi | 7 |
8 | MediaWiki | MediaWiki munozarasi | 9 |
10 | Andoza | Andoza munozarasi | 11 |
12 | Yordam | Yordam munozarasi | 13 |
14 | Turkum | Turkum munozarasi | 15 |
100 | Portal | Portal munozarasi | 101 |
710 | TimedText | TimedText talk | 711 |
828 | Modul | Modul munozarasi | 829 |
Virtual nomfazolar | |||
-1 | Maxsus | ||
-2 | Media |
Vikipediya maqolasi atamasi ostida ensiklopedik axborot yozilgan sahifa tushuniladi. Maqolalarga quyidagilar kirmaydi:
- Munozara sahifalari — bunday sahifalar Munozara:, Tasvir munozarasi:, Foydalanuvchi munozarasi:, Vikipediya munozarasi: va hokazo prefikslar bilan boshlanib, tegishli sahifa tarkibiga oid muhokama, eʼtiroz, raddiya va shikoyatlar uchundir. Munozara sahifalarida imzo qoʻyish unutilmasligi zarur.
- Mediafayl sahifalari — bunday sahifalar Tasvir: prefiksi bilan boshlanib, tegishli tasvir, tovush yoki videofayllar haqida maʼlumotlar uchundir.
- Foydalanuvchi sahifalari — bunday sahifalar Foydalanuvchi: prefiksi bilan boshlanib, tegishli foydalanuvchiga ajratilgandir.
- Loyiha sahifalari — bunday sahifalar Vikipediya:, Loyiha: va Portal: prefikslari bilan boshlanib, Vikipediyaning ichki ishlari va foydalanuvchilar koordinatsiyasiga oid axborotlar uchundir.
Vikipediyaning maqolalar sonini koʻrsatuvchi statistika sahifasi faqatgina yoʻnaltiruvchi boʻlmagan va kamida bitta ichki ishoratga ega sahifalarni sanaydi.
Maqolani nomlash
tahrirAsosiy sahifa: Vikipediya:Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yozilgan boʻlishi kerak?
tahrirVikipediya maqolasi odatda quyidagicha tuzilishi kerak:
- Kirish. Bu qism bir yoki bir necha xatboshi egallashi mumkin. Maqolaning kirish qismida maqola obyektiga taʼrif beriladi, uning ahamiyati koʻrsatiladi. Agar maqola shaxsiyat haqida boʻlsa, kirish qismida oʻsha kishining toʻliq ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, nimasi bilan mashhurligi koʻrsatiladi.
- Etimologiyasi. Bu qismda maqola obyektining nomi qanday kelib chiqqanligi koʻrsatiladi (majburiy emas).
- Tarixi. Bu qismda maqola obyektining tarixi (shaxsiyat boʻlsa — tarjimai holi, hayvon yoki oʻsimlik boʻlsa — evolutsiyasi) yoziladi.
- Zamonaviy holati. Bu qismda maqola obyektining bugungi kundagi holati (shaxsiyat boʻlsa — hozirgi kasbi va faoliyati) yoziladi.
- Umumiy manzarasi. Bu qismda kirish qismida yozilgan taʼrif kengaytirib koʻrsatilishi, maqola obyektining ahamiyati, kelajakdagi holati, tanqidi va boshqa axborotlar yozilishi mumkin.
- Boshqa maʼlumotlar. Bu qismda maqola obyektiga oid boshqa qiziqarli faktlar keltirilishi mumkin (majburiy emas).
- Manbalar. Bu qismda foydalanilgan adabiyotlar va manbalar koʻrsatiladi (majburiy).
- Havolalar. Bu boʻlimda maqola mavzusiga bogʻliq maʼlumot berilgan tashqi manbalarga linklar koʻrsatiladi (majburiy emas).